Viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Samarqand shahridagi "Xo‘ja Is'hoqi Valiy" masjidiga tashrif buyurdilar.
Bugun, muborak Ramazon oyining fayzli kechalaridan birida, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Samarqand shahridagi "Xo‘ja Isoqi Valiy" masjidida taroveh namozini ado etdilar.
Namozdan avval, domla "Ijtimoiy illatlar – dabdababozlik va isrofgarchilik" mavzusida ta'sirli ma'ruza qilib, dabdababozlik va isrofgarchilikning zararli jihatlari haqida so‘z yuritdilar. Ortiqcha dabdaba va isrof nafaqat kishining moddiy hayotiga, balki jamiyatning ma'naviy muhitiga ham salbiy ta'sir qiladi. Ma'ruzada Qur'oni Karim oyatlari va hadislar asosida insonni sarajom-sarishta, tejamkor va me'yor asosida yashashga da'vat qilish lozimligi ta'kidlandi.
Alloh taolo ushbu oyda qilinayotgan ibodat va duolarni qabul aylasin!
Kiritilgan vaqti: 04/03/2025 13:07; Ko‘rilganligi: 137
Chop etilgan vaqti: 25/04/2025 23:14