HOJILARIMIZ 22 IYUNDAN YURTIMIZGA QAYTADI
“Haj – 2024” mavsumi ibodatu ziyoratlarini ko‘tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetkazayotgan ziyoratchilarimiz joriy yilning 22 iyun – 12 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi.
Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga “Uzbekistan Airways”ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlari orqali parvoz qilib, qaytib keladilar.
Viloyatimizdagi 285 ta jome masjidida Qurbon hayiti namozi ado etildi
Hayit namozida Qurbon hayiti bayramining tarixi, ma'naviy qadriyatlarimiz yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, bugungi farovon hayotimiz mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi.
Hayit namozida yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duo qilindi.
Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov Samarqand shahridagi "Namazgoh" jome masjidida muborak Qurbon Hayiti munosabati bilan barcha mo‘min musulmonlarni muborakbod etdi.
Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov Samarqand shahridagi "Namazgoh" jome masjidida muborak Qurbon Hayiti munosabati bilan barcha mo‘min musulmonlarni muborakbod etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
Shu bilan davlatimiz rahbari Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. — Prezident Shavkat Mirziyoev v preddverii svyashennogo prazdnika Kurban xayit posetil (https://president.uz/ru/lists/view/7324) mavzoley Imama Buxari. Na etom glava gosudarstva zavershil poyezdku v Samarkand i otbil v Tashkent.
Saudiya xayriya markazi "Vaqf" fondiga 25 tonna xurmo hadya qildi
Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi yurtimizga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo mevasini hadya qildi.
Urgut tumanidagi “Mulla Shodi bobo” jomesiga tashrif
Bugun, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Urgut tumanidagi “Mulla Shodi bobo” jomesiga tashrif buyurib, peshin namozini jamoat bilan birga ado etdilar.
O‘ZBEKISTON DELEGASIYASI SAUDIYADAGI HAJ ANJUMANIDA ISHTIROK ETDI
Bugun, 10 iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia taklifiga binoan Makka shahrida bo‘lib o‘tayotgan 48-haj anjumanida ishtirok etdi. Bu yilgi mazkur tadbir mavzusi “Haj amalini ado etishda qonuniy ruxsatnomalarga va amaldagi qoidalarga rioya qilish”ga bag‘ishlandi.
2024-2025 O‘QUV YILI UCHUN OLIY VA O‘RTA MAXSUS DINIY TA'LIM MUASSASALARIGA QABUL E'LON QILINADI
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish sanalarini ma'lum qiladi:
SAMARQANDLIK YURTDOSHLARIMIZNING HAJ SAFARIDAN FOTO LAVHALAR
SAMARQANDLIK YURTDOSHLARIMIZNING HAJ SAFARIDAN FOTO LAVHALAR
Yuksak va samimiy ehtirom
Kuni kecha davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoev Makka shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat Rahbarining o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar olish maqsadida alohida e'tibor bilan qo‘ng‘iroq qilishi ilgari hech kuzatilmagan edi.
Samarqand viloyati uchun "Haj-2024" mavsumi boshlandi
KUZATISH JARYOYONIDAN LAVHALAR
“Haj – 2024” mavsumida Samarqand viloyatidan ilk ziyoratchilar Samarqanddan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar.
Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik hissini ko‘rishimiz mumkin.
Barcha muborak safar taraddudida, muqaddas zaminga oshiqmoqda.
Juma tashrifi (Foto)
Alloh taolo masjidlarimizga tashrif buyurgan ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!
IHT bosh kotibi “Hazrati Imom” majmuasini ziyorat qildi
Bugun, 31 may kuni Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha mamlakatimizga safari davomida Toshkentning diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan "Hazrati Imom" majmuasiga tashrif buyurdi.
Dunyodagi eng katta 5 ta masjid
Masjidlar nafaqat hayratlanarli darajadagi go‘zal me'moriy yodgorliklar, balki ular musulmon dunyosida muhim diniy, ijtimoiy va madaniy maskandir. Ushbu maqolada dunyodagi eng katta 5 ta masjid haqida ma'lumot beramiz.
QO‘SHRABOD TUMANIDA SAYYOR YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI 22.05.2024 Y
Bugun, 2024 yil 22 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan va albatta viloyat hokimligining jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi hamda uning joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi sayyor yig‘ilish Qo‘shrabot tumanida o‘tkazildi.




















