Viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Pastdarg‘om tumanida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, saxovat ulashdi
Bugun, muborak Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, insonparvarlik va mehr-muruvvat ramzi bo‘lgan xayrli tashrifni amalga oshirdi.
Tashrif davomida ustoz turli millat vakillaridan bo‘lgan 4 nafar ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularga moddiy va ma'naviy ko‘mak ko‘rsatdi. Shuningdek, Ramazon oyining fazilatlari, uning sabr, bag‘rikenglik va mehr-oqibat oyi ekanligi haqida tavsiyalar berdi.
Oilalar ustozning tashrifidan minnatdorchilik bildirib, bu kabi ezgu ishlar jamiyatimizda millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashini ta'kidlashdi.
Bu xayrli tadbir Ramazon oyida ehtiyojmand va muhtoj insonlarga yordam berish, musulmonchilik va insonparvarlik an'analarini keng yoyish maqsadida amalga oshirildi.
Kiritilgan vaqti: 04/03/2025 13:10; Ko‘rilganligi: 128
Chop etilgan vaqti: 26/04/2025 00:15