O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mehr saxovat davom etmoqda

 
 

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan hamda Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov bilan birgalikda Samarqand shahrida joylashgan “Samarqand viloyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi”da xayrli tadbir tashkil qilindi. Mazkur maskandagi 145 nafar ko‘ngli o‘ksik nuroniy otaxon va onaxonlarga homiylar jalb qilingan holda ehsonlar ulashildi.

Jumladan, 105 nafar otaxonlar va 40 nafar onaxonlar uchun kiyim-kechaklar topshirildi. Ko‘ngillari shodlikka to‘lgan nuroniylar avvalo bunday xayrli ishlarga sababchi va bosh bo‘lib turgan hurmatli Yurtboshimizga hamda diniy soha xodimlari xususan Samarqand viloyati imom-xatibligiga chin dildan minnatdorchiligini izhor qildilar hamda xalqimiz va rahbarlarimiz haqqiga doim duoda ekanliklarini ko‘zlarida yosh bilan tilga oldilar.


Kiritilgan vaqti: 18/03/2024 15:50;   Ko‘rilganligi: 422
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/mehr-saxovat-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/03/2025 17:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing