KO‘CHAT EKISH SAVOBI KIYOMATGACHADIR
Bugun, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Pastdarg‘om tumani bosh imom-xatibi O.Nazarov hamrohligida tumandagi “Imom ota” jome masjidiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida mazkur jomeda jamoat bilan Peshin namozini ado qildi. Namozdan so‘ng, ushbu masjid hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida masjid hududidagi bo‘sh yer maydoniga 200 tub manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu tadbirga mahalla mas'ullari va 100 dan ziyod masjid jamoasi o‘z hissasini qo‘shdilar. Daraxt ekish ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, Zayniddin domla tomonidan ushbu boqqa “Ramazon tuhfasi” nomi berildi.
Bundan tashqari, Samarqand shahar “Afrosiyob” yonbag‘rida “Meros Farm” korxonasi homiyligida 1000 tub gilos daraxti ko‘chatlarini ekish ishlarini boshlab berdilar.
Kunning ikkinchi yarmida Payariq tumanida tashkil qilingan “Imom Buxoriy avlodlari” bog‘ida ham mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar tashkil qilindi. Ushbu tadbir davomida mazkur boqqa 50 tub daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu tadbirlarga ham Zayniddin domlaning shaxsan o‘zlari bosh bo‘ldilar hamda mazkur tadbirga hissa qo‘shganlar haqqiga xayrli duolar qildilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 30/03/2024 18:16; Ko‘rilganligi: 315
Chop etilgan vaqti: 10/02/2025 18:23