O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Payariqda yangi bog‘ barpo etildi!

 
 

Bugun, 3 aprel – Muborak Ramazon oyining 24 – kunida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshlichiligida Payariq tumanidagi 12 ta masjid imom-xatiblari va faollari bilan birgalikda tumandagi “Mulla To‘raxon” jome masjidi hududidagi 1 gektar yer maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “RAMAZON BO‘STONI” bog‘i barpo etildi.

Mazkur tadbirda soha xodimlari tomonidan 500 tup shaftoli daraxti ko‘chatlari ekildi. Ushbu savobli ish yakunida faol ishtirok etgan va o‘z hissasini qo‘shganlar haqqiga xayrli duolar qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/04/2024 14:34;   Ko‘rilganligi: 336
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/payariqda-yangi-bog-barpo-etildi
Chop etilgan vaqti: 13/01/2025 18:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing