O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xalq farovonligi yo‘lida hamjihatlik

 
 

Dinimiz va azaliy insonparvarlik qadriyatlarimiz targ‘ib etadigan eng ulug‘ amallardan biri — ehtiyojmand, ko‘ngli yaralangan, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta'minlangan insonlar holidan xabar olish, ularga mehr-muruvvat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

Shu ezgu maqsadlar yo‘lida joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida sayyor yig‘ilish tashkil etildi. Unda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, tuman hokimi Sh. Rahmonov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, «Haj–2025» ziyoratchilari, mahalla faollari hamda nuroniy otaxon-onaxonlar faol ishtirok etdilar.

Sayyor yig‘ilish doirasida tumandagi kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olinib, bemorlar ziyorat qilindi. Ularga ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, tasalli va duolar yetkazilib, qalblariga umid va ishonch ulashildi. Shuningdek, turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolgan yoki ichkilikka ruju qo‘ygan ayrim shaxslar bilan yakkama-yakka tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazilib, ularga hayotiy saboqlar, foydali maslahatlar hamda to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Sayyor yig‘ilish yakunida tumandagi masjidlarda peshin namozidan so‘ng imom-xatiblar tomonidan mazmunli ma'naviy-ma'rifiy ma'ruzalar qilindi. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida samimiy duo-tilovlar qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sh. Rahmonov imom-xatiblar tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu va savobli ishlarga yuksak baho berib, ularga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, bu kabi xayrli tashabbuslar jamiyatda sog‘lom ma'naviy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagimiz ravnaqi yo‘lida samimiy va xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi


Kiritilgan vaqti: 20/01/2026 17:30;   Ko‘rilganligi: 58
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/xalq-farovonligi-yolida-hamjihatlik
Chop etilgan vaqti: 30/01/2026 17:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing