O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yaxshilik qilish — insoniylik belgisi

 
 

Dinimiz va insonparvarlik qadriyatlari qo‘llab-quvvatlaydigan eng ulug‘ amallardan biri — ehtiyojmand, ko‘ngli yaralangan, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta'minlangan insonlar holidan xabar olish, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatishdir.

Joriy yilning 14 aprel kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, «Haj–2025» ziyoratchilari, mahalla faollari hamda nuroniy otaxon-onaxonlar ishtirok etdilar.

Sayyor yig‘ilish doirasida tumandagi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olindi, bemorlar ziyorat qilinib, ularga ma'naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatildi.

Shuningdek, turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolgan yoki ichkilikka ruju qo‘ygan ayrim shaxslar bilan yakkama-yakka tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazilib, ularga zarur tushunchalar, hayotiy maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Sayyor yig‘ilish yakunida tumandagi masjidlarda peshin namozidan so‘ng imom-xatiblar tomonidan ma'naviy-ma'rifiy ma'ruzalar qilindi hamda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida xayrli duolar qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/04/2026 21:38;   Ko‘rilganligi: 3
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yaxshilik-qilish-insoniylik-belgisi
Chop etilgan vaqti: 15/04/2026 01:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing