O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hamjihatlik bor joyda — tinchlik, baraka va farovonlik bo‘ladi.

 
 

Dinimiz va azaliy insonparvarlik qadriyatlarimiz targ‘ib etadigan eng ulug‘ amallardan biri — ehtiyojmand, ko‘ngli yaralangan, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta'minlangan insonlar holidan xabar olish, ularga mehr-muruvvat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

Shu ezgu maqsadlar yo‘lida joriy yilning 31 yanvar kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida sayyor yig‘ilish tashkil etildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari B.Karimov, tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyev, viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov, Nursultonxon domla Abdumannonov, VAQFxayriya jamoat fondi viloyat filiali rahbari A.Sultonov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, «Haj–2025» ziyoratchilari, mahalla faollari hamda nuroniy otaxon-onaxonlar faol ishtirok etdilar.

Shunigdek, bugungi sayyor uchrashuvda VAQFxayriya jamoat fondi viloyat filiali tomonidan 11 turdagi ozuq ovqat maxsulotlaridan iborat 100 nafar oilalarga jami 30 millionlik ozuq ovqat maxsulotlari hadiya qilindi.

Sayyor yig‘ilish doirasida tumandagi kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olinib, bemorlar ziyorat qilindi. Ularga ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, tasalli va duolar yetkazilib, qalblariga umid va ishonch ulashildi. Shuningdek, turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolgan yoki ichkilikka ruju qo‘ygan ayrim shaxslar bilan yakkama-yakka tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazilib, ularga hayotiy saboqlar, foydali maslahatlar hamda to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Sayyor yig‘ilish yakunida tumandagi masjidlarda peshin namozidan so‘ng imom-xatiblar tomonidan mazmunli ma'naviy-ma'rifiy ma'ruzalar qilindi. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida samimiy duolar qilindi.

Tadbir so‘ngida Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagimiz ravnaqi yo‘lida samimiy va xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 31/01/2026 15:56;   Ko‘rilganligi: 86
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hamjihatlik-bor-joyda-tinchlik-baraka-va-farovonlik-boladi
Chop etilgan vaqti: 22/02/2026 05:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing