O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyatida imom-xatiblar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

 
 

Dinimizda o‘z salomatligiga e'tibor berish, sog‘lom va baquvvat bo‘lish targ‘ib qilingan. Payg‘ambarimiz Muhammad : «Kuchli mo‘min Alloh nazdida zaif mo‘mindan yaxshiroq va mahbubroqdir», deb marhamat qilganlar.

Ana shu ezgu g‘oyalardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish hamda diniy xodimlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida Samarqand viloyatida imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida voleybol, shaxmat-shashka hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov, Nursultonxon domla Abdumannonov, viloyat hokimi o‘rinbosari B.Karimov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Musobaqa viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan ochib berildi. Tadbir avvalida Davlat madhiyasi yangrab, ishtirokchilarda Vatanga muhabbat, yuksak ruh va mas'uliyat tuyg‘ularini mustahkamladi.

Qizg‘in, biroq o‘zaro hurmat va axloq qoidalariga amal qilingan holda o‘tgan musobaqalar yakuniga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib va sovrindor deb topildi:

Voleybol bo‘yicha:

  • 1-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on tumani jamoasi
  • 2-o‘rin — Payariq tumani jamoasi
  • 3-o‘rin — Bulung‘ur tumani jamoasi

Shaxmat bo‘yicha:

  • 1-o‘rin — Doniyev Qulmurod, Paxtachi tumani “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidi imom-noibi
  • 2-o‘rin — Elmurodov Muzrob, Narpay tumani “Xo‘ja Qo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi
  • 3-o‘rin — Maxmatoirov Bahrullo, Urgut tumani “Hoji O‘rinboy” jome masjidi imom-xatibi

Stol tennisi bo‘yicha:

  • 1-o‘rin — Matlabov Muhammad Bobur, Urgut tumani “Ispanza” jome masjidi imom-noibi
  • 2-o‘rin — Abrorov Jahongirxon, Samarqand shahar “Xo‘ja Safoyi Valiy” jome masjidi imom-noibi
  • 3-o‘rin — Xodixonov Kamoliddin, Qo‘shrabot tumani “Ne'matulla xo‘ja” jome masjidi imom-xatibi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ushbu tadbir diniy xodimlar uchun nafaqat jismoniy baquvvatlikni, balki sabr, intizom, birodarlik va o‘zaro hurmat kabi islomiy fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 28/01/2026 16:11;   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyatida-imom-xatiblar-ortasida-soglom-turmush-tarzini-targib-etuvchi-sport-musobaqasi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 30/01/2026 17:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing