O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qo‘limizga ilk bor qalam tutib, xat-savodni o‘rgatgan, mehrini ulashgan muallimlarga doimo ta'zimdamiz.

 
 

Qo‘limizga ilk bor qalam tutib, xat-savodni o‘rgatgan, mehrini ulashgan muallimlarga doimo ta'zimdamiz. Ularning saboqlari, o‘gitlari hayotda doimo asqotadi, bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Ha, o‘qituvchilik shunday sharafli kasbki, bir umr yo‘limizni charog‘on etadi, qalbimizga ilmu urfon urug‘ini qadaydi.  

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma'rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.

Diniy sohada uzoq yillar xizmat qilib el yurt tinchligi yo‘lida fidoyi xizmat qilgan, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Mamlakatimizda keng miqyosida nishonlanib kelayotgan l-oktyabr O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan bugun O‘MI Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudovlar birgalikda diniy sohada ishlab bugungi kunda marhum bo‘ligan fahriy ustozlarimiz Mustafoqul xoji domla, Nuruddinxon eshon bobo, Sultonmurod qori domla va Abdurahmon domlalarning xonodonlariga tashrif buyurib, xonodon ahillarini bayram bilan tabriklab sovg‘alar ulashishdi.

Ustozlarning oilalariga qaratilayotgan e'tibordan ko‘ngillari shod bo‘lib o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/09/2021 16:12;   Ko‘rilganligi: 3131
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/qolimizga-ilk-bor-qalam-tutib-xat-savodni-orgatgan-mehrini-ulashgan-muallimlarga-doimo-tazimdamiz
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 00:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing