Долзарб мавзу

ISLOM DINI VA MILLIY QADRIYATLARIMIZDA USTOZLARGA MUNOSABAT

Haqiqatan ham, har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma'noda fidoiy kasb egalaridir.”[1]  Shavkat Mirziyoev.

Darhaqiqat, ustoz-murabbiylar jamiyat ertangi kunining bunyodkorlaridir. El-yurtning moddiy va ma'naviy taraqqiyoti ustozlarning mehnati va jamiyatning ularga nisbatan nechog‘lik qadrlashiga  bevosita bog‘liqdir.

 

OTA-ONA FARZAND TARBIYASIDA MAS'UL SHAXS

Farzand Alloh taolo tomonidan berilgan buyuk ne'mat bo‘lib, har bir ota-ona bu ne'matni qadriga yetib, haqqini ado qilishi zarurdir. Dinimizda farzand tarbiyasiga katta ahamiyat berilgan bo‘lib, uni farzand hatto dunyoga kelmasdan oldin boshlash kerakligi bir qancha kitoblarimizda bayon qilingan. 
Rivoyat: Ibn Sino qishloqda yashab, tabiblik qilar ekan. Kunlardan bir kun shu qishloqlik bir yigit bilan bir qiz turmush  qurishibdi. Ular yaxshi hayot kechirishibdi. Oradan to‘qqiz oyu to‘qqiz kun, to‘qqiz soatu  to‘qqiz daqiqa o‘tgach, farzand ko‘rishibdi. Biroz vaqtdan so‘ng, ular bir-biriga maslahat qilishibdi. Bolamizni qanday tarbiya qilamiz? Uni shunday tarbiya qilaylikki, katta bo‘lganda el-yurtga foydasi tegadigan chin inson bo‘lsin, debdi eri.

 

Mehr - oqibat dinimiz ko‘rsatmasi

Muqaddas dinimizda o‘zaro mehru oqibat bilan hayot kechirish targ‘ib etiladi. O‘z navbatida bu imonning mustahkamligini ta'minlovchi omildir.

Alloh taolo Baqara surasida shunday marhamat qiladi:”Yaxshilik qilinglar.Zero,Alloh taolo yaxshilik qiluvchilarni yaxshi ko‘radi”.  

Keyingi paytlarda el-yurt manfaati yo‘lida aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida katta ishlar qilindi. Bu xayrli tadbir izchil davom etyapti.

 

Belingda belbog‘ing bormi, Bek?..

Xalqimizning juda ko‘p ibratli udum va odatlari bor. Shulardan biri belbog‘ bilan bog‘liq qadriyat. Xalqimiz o‘g‘il farzandining beliga hali bola yoshidan belbog‘ bog‘laydi. El orasida “erkak kishining belida belbog‘i bo‘lsin”, degan gap ham yuradi. Bu esa erkak bu hayotda el-yurt koriga kamarbasta, oila ravnaqi, farzandlar tarbiyasi uchun mas'ul ekanining ifodasi. U Olloh tomonidan yerda xalifa etib tayinlangan zot va unga el-yurt ravnaqi, oila faravonligini ta'minlash, farzandlar tarbiyasiga sobit turish vazifasi yuklangan. Beliga belbog‘ bog‘lashi shundan.

 

Ichimizdagi yovuz bo‘rini o‘ldirish fursati keldi: ko‘zingni och, vatandosh!

TAHLIL VA TAQQOS

Yer kurrasidan 5,5 million kilometr naridan uchib o‘tadigan meteorit ham bugun bizni tahlikaga sola oladi. Nega? Chunki jon shirin...

To‘rt oy avval Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida janjallar boshlanganida ko‘pchilik yurak hovuchlab o‘tirdi. Biz bu taloto‘plarning ichidamidik? Yo‘q! Ammo xavotir hissi fitratimizda bor...

 

Iymon nima?

– Iymonning asli nima?

– Alloh taoloning atosi – in'omi.

– Iymonning o‘zi nima?

– Iymon – til bilan iqror qilmoq va dil bilan tasdiqlamoqdir.

– Iymon necha xil bo‘ladi?

 

ISLOMDA DO‘STLIK BIRODARLIK MEZONLARI TALQINI (1-qism)

Barcha mo‘min bandalar bir-biriga aka-ukadir, deb aytgan Parvardigori olamga beadad shukronalar bo‘lsin, haqiqiy do‘stlik qanday bo‘lishini o‘rgatgan suyukli payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallamga cheksiz durudu salovotlar bo‘lsin.   Allohu Haq subhanahu va taolo barcha insoniyatni bir ota-onadan, ya'ni Odam Ato va Momo Havodan tarqatdi.

 

Sabr – shikoyat qilmaslikdir!

Sabr - islomning eng muhim fazilatlaridan biri, chunki hayotda kutilmagan vaziyatlarga duch kelganimizda u eng samarali qurol. Ammo hamma narsa tezlashib ketgan dunyoda, bir necha daqiqa, hatto bir necha soniya sabr qilish ko‘pchilikka juda qiyin bo‘lib tuyuladi.

 

O‘z sog‘ligimizga e'tiborli bo‘laylik!

Alloh taolo tomonidan insoniyatga berilgan eng ulug‘ nematlardan biri bu – sog‘likdir. Bu uchun esa odamzod faqatgina shukr qilish bilan kifoyalanmasdan, balki salomat bo‘lishga insonning o‘zi ham harakat  qilishi lozimdir. Islomda salomat bo‘lishning eng asosiy yo‘llaridan biri bu tozalik hisoblanadi. Tozalikka rioya qilish masalasiga sog‘liqni saqlashning muhim omili sifatida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham katta e'tibor berilgan. Imom Muslim Abu Molik al-Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Poklik iymonning yarmidir” - deydilar. Musulmonlar ommasi ichida esa “Poklik iymondandir” degan hikmat keng tarqalgan.

 

INSON QAYERDA DUNYOGA KELSA ANA SHU YER UNING UCHUN QADRLI VATAN HISOBLANADI

Yurtimizda har yili istiqlolga erishgan kunimizni bir-biridan go‘zal g‘oya va shiorlar ostida nishonlash yaxshi an'anaga aylanib boryapti. Ularning har biri qalbimizda alohida mehr uyg‘otib, o‘zini shu Vatan farzandi deb bilgan keksayu yoshni el-yurt farovonligi yo‘lida jipslashtirishga xizmat qilmoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing