HAQNI DA'VO QILYOYOTGAN SOXTA SALAFIY NOHAQLAR
Ming afsuslar bo‘lsinki, bugungi kunda muqaddas islom nomidan turli oqimlarning o‘zlarini har xil ismlar bilan nomlab olib, go‘yo haq yo‘lni da'vo qilayotgan, aslida esa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan niqob ostidagi adashgan firqalar ko‘paymoqda. Ana shunday oqimlardan biri “Soxta salafiylar” hisoblanadi.
FIQHUL AKBAR
«فاعلم أن كتاب الفقه الأكبر لأبي حنيفة قد بلغ درجة في بيان التوحيد والصفات وساير الاعتقادیات بحيث لو كان الإنس والجن كلهم مجتهدین واجتمعوا باجتهادهم على أن يأتوا بمثله، بدون توفيق الله تعالى إياهم ونصرته لهم، لما قدروا على ذلك، ولا يعقله إلا أولو الألباب الذين يذكرون الله قياما وقعودا وعلى جنوبهم ويتفكرون في خلق السموات والأرض!».
✍️ إسحاق الرومي الحنفي ( ت ٩٥٠ )
Payg‘ambar alayhissalomga bo‘lgan ehtiromlar
Soxta_salafiylarga_raddiya
Al-Fiqxul akbarni shorihi, zamonimiz olimi Alloma Nizol Ibroxim hafizahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilingan "Fiqxul akbar" risolasini inkor qiluvchilar haqida quyidagicha yozadi:
وهذ الكتاب قد أملاه الإمام الأعظم رضي الله عنه ردا علي المعتزلة وغيرهم. ولم ينكره أحد من أهل المذهب ولا من غيرهم إلا شرذمة لا يؤبه قولهم.
"Ushbu kitobni imomi A'zam raziyallohu anhu mo‘tazila va boshqa toifalarga raddiya o‘laroq imlo qilganlar. Uni mazhab ahlidan va boshqalardan birortasi inkor qilmagan. Faqatgina gaplari ahamiyatsiz bo‘lgan ozchilik inkor qiladi xolos".
©️Alloma Nizol Ibroxim hafizaxulloh
Soxta salafiylarga raddiya!
Ular juda ham katta da'vo qilishib: Biz Qur'on va Sunnatni salafi solihlar fahmi ila tushunamiz, deyishadi.
Aslida esa bu da'volari safsata va yolg‘ondir.
Hozir isbot qilib beramiz.
1. Moturidiy va ash'ariylar to‘rt mujtahid imomlar imom Abu Hanifa, Molik, Shofeiy va Ahmadga va imom Moturidiy va imom Ash'ariy rahmatullohi alayhimga ergashishadi.
Bu zotlarning ba'zisi sahobiylarni ko‘rgan bo‘lsa, qolganlari tobeinlar va tabaa tobeinlar davrida yashashgan. Ya'ni, 80-333 hijriy yillar oralig‘ida yashab ijod etishgan.
Salafi solihlar bu sahobiylar, tobeinlar va tabaa tobeinlar ekani ma'lum.
Tinchlik haqida
Tinchlik deb, zo‘rovonlik, ziddiyat yoki shu ziddiyatdan qo‘rquv yo‘q osoyishta holatga aytiladi. Tinchlik indivudual shaxslar yoki butunboshli mamlakat va xalqlar orasida xotirjam bo‘lishlik tushuniladi.
Tinchlik davlatlar orasida noxarbiy tashqi siyosat asoslanadi. Tinchlik ijtimoiy xavfsizlikni ta'minlaydi. Dunyo tinchligini saqlash uchun ikkinchi jahon urushidan keyin BMT (Birlashgan millalar tashkiloti) tuzilgan. Tinchlik xalqarotinchlik va davlatlar o‘rtasida zo‘rlik ishlatmasdan tashqi siyoat olib borishni o‘z zimmisiga olgan, majburiyatlarni bajarishga va odatda xalqaro shatrnomalarni mustahkamlab qo‘yishga majburiyatlarga rioya etishga asoslargan munosabatlardir.
Nega fiqhda hanafiya, aqidada moturidiya ?
Bugungi kunda ayrim adashgan firqalar faqat o‘zlarinigina ahli sunnaga mansub, deb da'vo qilmoqdalar. Aslida, ming yildan beri butun ummat ahli sunnaning asl namoyondasi va eng haqli merosxo‘ri, deb bilittifoq tan olib kelayotgan va hozirga qadar ko‘p sonli ahli sunna ulamollari e'tirof etib kelayotgan moturidiy va ash'ariylarni faqat kam sonli ayrim salafiylargina “bid'atchi firqa, adashgan toifa”, deb tuhmat qilmoqdalar, quyidagi fitnali, shubhali savollarni qo‘zg‘amoqdalar:
Namozdan keyin jamoaviy duo qilish masalasi
Namozdan keyin imomning qavmga qarab o‘tirishi, so‘ng barchalari jamoat bo‘lib zikrlar aytib, so‘ngra qo‘llarini ko‘tarib duo qilishlari, qavmning imomning duosiga «Omiyn, omiyn» deb turishi haqida savollar ko‘p. Avvallari bu masalada hech gap ko‘tarilmas edi. Ammo keyingi paytda turli sabablarga ko‘ra savollar ko‘paydi.
Aslida bu masala allaqachon hal bo‘lgan, muhaddislar o‘z kitoblarida bu boradagi hadislarni rivoyat qilgan va fuqaholar o‘z kitoblarida uni yaxshilab tahlil qilib, yechib bergan edilar.
Yoshlar tarbiyasida ota-ona mas'uliyati
Bugungi yoshlarimiz tarbiyasi haqida juda ko‘p gapiriladi. Chunki tarbiya inson kamoloti davrida muhim o‘rin egallaydi. Ko‘z quvonchi bo‘ladigan farzand o‘stirish uchun ota-ona bolaga e'tibor ko‘rsatishi, nozik niholdek asrab avaylashi, tarbiyalashi zarur. Uni barcha yomon illatlardan himoya qilib, faqat yaxshiliklar ila yetaklab, yaxshiliklar bilan tarbiyalashi kerak. Bola ota-ona uchun bir imtihon. Bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishning bosh omili esa bolani go‘zal axloq egasi qilib tarbiyalashdir.
Solih amallar lazzati va uning hayotimizdagi ta'siri
Bizlarni islomga hidoyat qilgan, qalblarimizni iymonga ochgan va O‘zining toatiga yordam va ilhom ila muvaffaq qilgan Alloh taologa hamdu sano bo‘lsin.
Rahmonning toatidan lazzat topganlarning eng yaxshisi, U Zotning habibi Muhammad Mustafoga salotu salomlarimiz bo‘lsin.Ammo ba'd:
Sizlarni va o‘zimni Allohdan taqvo qilishga vasiyat qilaman. Zero, bu Alloh taoloning mo‘min bandalariga vasiyatidir. “Menga taqvo qiling, ey aql egalari!” (Baqara 197-oyat)




















