O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ASL HAQIQAT

 
 

«Alloh taoloning nozil qilganiga xilof bo‘lgan jaholat, havoyi-nafs va bid'atlar odamlarning nubuvvat va salafi solihlar zamonidan uzoqlashgani sari urchib bormoqda. Bugun biz oldimizda o‘zlarini boshqalardan ayro tutuvchi va salafi solihlarga, Ash'ariy va Moturidiylardan iborat Ahli sunna val jamoa imomlariga xilof qiluvchi kishilar paydo bo‘ldi. Balki, ular ishni aksiga o‘girmoqdalar: o‘zlarini «Ahli sunna» ko‘rsatib, asl Ahli sunnani «bid'atchi» qilib ko‘rsatmoqda. Ularning da'volari salaflarga ergashish, ammo salaflar ulardan behojatdir. Salafi solihlar oralaridan «Mushabbiha» va «Mujassima» kabilarning chiqishidan pokdirlar. Ular Allohning eng yaxshi bandalaridir. Janobi koinot sollallohu alayhi vasallamning ularga «yaxshilar», degan guvohliklari berilgan.

Shuni bilingki, Ahli sunna val jamoa deganda ikki imom: Abul Hasan Ash'ariy va hidoyat imomi Abu Mansur Moturidiy rohimahumallohlarga ergashganlar tushuniladi. Ular salafi solihlar, to‘rt mazhab: Hanafiy, Molikiy, Shofe'iy va Hanbaliylarning fazilatlilariga ergashganlardir. Ular bu ummatning «Savodul a'zam» idir, bu mustahkam dinning imomlaridir. Biz ushbu hidoyat ahliga ergashishlik bilan boshimizni Quyoshdan ham ustun tutamiz!».

«Rof'ul g‘oshiya 'anil majozi vat ta'vil» asaridan 7-B, Shayx Nizol Ibrohim Ola-Roshiy hafizahulloh

Xayrulloh domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 11/12/2021 10:37;   Ko‘rilganligi: 830
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/asl-haqiqat
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing