O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Kim «Laa ilaha illallohu» desa...

 
 

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim «Laa ilaha illallohu» desayu, qalbida arpa donasi vaznicha iymoni bo‘lsa, do‘zaxdan chiqadi. Kim «Laa ilaha illallohu» desayu, qalbida bug‘doy doni vaznicha iymoni bo‘lsa, do‘zaxdan chiqadi. Kim «Laa ilaha illallohu» desayu, qalbida zarra vaznicha iymon bo‘lsa, do‘zaxdan chiqadi», dedilar.
Abu Sa'iyd:
«Kim shak qilsa: «Albatta, Alloh zarra misqolicha zulm qilmas», oyatini tilovat qilsin», dedi».

Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu hadisi sharifda iymonning ahamiyatini, uning katta-kichik bo‘lishini, oxir-oqibat o‘z egasini do‘zaxdan chiqishiga sabab bo‘lishini bayon qilmoqdalar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Kim «Laa ilaha illallohu» desa, deganlaridan «Muhammadur Rasululloh»ni aytmasa ham bo‘laverar ekan, degan ma'no chiqmaydi. Odatda, «Laa ilaha illalloh» bor joyda, albatta, «Muhammadur Rasululloh» ham borligi ma'lum va mashhur bo‘lganidan gapning qisqasi aytib qo‘yilgan, xolos.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Shahodat kalimasining ulug‘ligi.
2. Kim shahodat keltirgan bo‘lsa, oxir-oqibat do‘zaxdan chiqishi.
3. Shahodat kalimasini aytishning o‘zi kifoya qilmay, qalbda iymon bo‘lishi ham shartligi.
4. Qalbdagi iymon zarracha, bug‘doy yoki arpa donicha ham bo‘lishi, ya'ni, juda kichik bo‘lishi ham mumkinligi.
5. Mo‘minlar ham osiy bo‘lsalar, do‘zaxga tushishadi.
6. Gunohi kabira qilgan mo‘min kofir bo‘lmasligi va do‘zaxda abadiy qolmasligi.

«Hadis va hayot» kitobidan

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 14/12/2021 08:38;   Ko‘rilganligi: 1128
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/kim-laa-ilaha-illallohu-desa
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing