ASH'ARIY VA MOTURIDIY
«Shuni bilib olmoq lozimki, Abul Hasan va Abu Mansur - Alloh ulardan rozi bo‘lsin va Islom nomidan yaxshilik-la mukofotlasin - o‘zlaridan kelib chiqib biror fikr aytmadilar va yangi mazhabni paydo qilmadilar.
Albatta, bu zotlar salafi solihlar mazhabini qaror toptirdilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarining yo‘liga muvofiq keldilar. U zotlardan biri Shofe'iy mazhabining va xujjatlarining nusratida turgan bo‘lsalar, boshqalari Hanafiy mazhabining va xujjatlarining nusratida qoim turdilar. U zotlarning har ikkalalari bid'at va zalolat ahliga qarshi munozara qildilar va ularni yer bilan yakson qilib, g‘alaba qozondilar. Darhaqiqat, bu haqiqiy jihodning aslidir! Odamlarning o‘zlarini u zotlarga nisbat berishiga kelsak, u zotlarning har biri salafi solihlar yo‘liga bir arqonni bog‘ladilar, uni mahkam tutdilar va unga xujjat va dalillarni keltirdilar. Natijada ushbu yo‘lda yurgan va dalillarga ergashgan kishiga «Ash'ariy» va «Moturidiy» nomi ishlatiladigan bo‘ldi».
«Ithofu saadatil muttaqiyn bi sharhi ihyoi ulumid din» asaridan 2/6-7 B, Imom Murtazo Zabiydiy rohimahulloh
Xayrulloh domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari
Kiritilgan vaqti: 10/12/2021 08:17; Ko‘rilganligi: 856
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:09