O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

HUSHYORLIK TINCHLIK DEMAKDIR!!!

 
 

Xisobsiz ne'matlar ichra bir ne'mat  borki, bu ne'mat barchaga birdek zarur. Bu ne'mat “Tinchlik” ekanini barchamiz bilamiz. Chunki, har qaysi jamiyat rivoji, taraqqiyoti, istiqboli, xalqining farovon turmush tarzi uchun birinchi navbatda tinchlik kerak. Allohning bizga bergan bu ne'mat qadrini, boror bir miqdor yoki biror bir o‘lchov bilan o‘lchab bo‘lmaydi.

Tinchlik Alloxning eng ulkan eng aziz va bebaxo ne'mati. Uni asrash qadriga yetish va bu ne'matga shukr qilish hammamiz uchun birdek shart.  Payg‘ambarimiz s.a.v. xadisi shariflarida “Ikki ne'mat borki, insonlarning ko‘plari undan g‘aflatdadirlar. Bular tinchlik va salomatlikdir” deganlar. 

Ming afsuslar bo‘lsinki, bugungi taxlikali zamonda butun bir mamlakatning tinchini buzish payida yurgan kimsalar mamlakat taraqqiyotini izdan chiqarish, yurt ravnaqi, millat madaniyati, ma'rifatiga raxna solish, axoli orasida notinchlik keltirib chiqarish, jamiyat kelajagi yoshlarni yo‘ldan ozdirishning turfa hil yo‘llarini o‘ylab topmoqda. Jamiyatda parokandalikni yuzaga keltiradigan “ekstremizm”, inson nasliga, diniga, joniga, moliga zarar beruvchi “giyoxvandlik”, asr vabosi, yurtimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarga xudbinlikni, madaniyatsizlikni targ‘ib qiluvchi “Ommaviy madaniyat”, jamiyatda axil va inoq yashayotgan axoli orasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi “Missionerlik” kabi illatlar shular jumlasidandur.

Bu kabi illatlar orqali g‘alamis kimsalar yurtimiz yoshlarimizni aldab o‘z yurtiga, o‘z millatiga,  oilasiga, ota- onasiga, va diniga, qarshi qo‘ymoqda. Maqsad esa barchamizga ayon, aniq va ravshan. Yurtimizning tinchligi istiqlolimizning boqiy bo‘lishi, elu–yurtimiz tinchligini asrab-avaylash uchun bizdan talab qilinadigan narsa esa ogoxlikdir.

 Alloh bizga in'om qilgan ne'mat borki, shukr qilishlik bilan ziyoda bo‘ladi. Chunki, Allohning “Agar bergan ne'matimga shukr qilsalaringiz uni sizlarga ziyoda qilurman” degan va'dasini ko‘plarimiz bilamiz va eshitganmiz. Tinchlik ne'mat uning shukri esa ogoxlik desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  Tinchlikni asrash faqat chegara posbonlariing yoxud bu ishga mutasaddi bo‘lgan kishilarning vazifasi degan kishi katta xato  qiladi.

Har vaqt xar daqiqa ogoh va hushyor bo‘lib yashaylik. Bugungi farovon kunlarimizga shukrona aytish barobarida barchamiz uning davomiyligi uchun mas'ulligimizni ham xis etmog‘imiz zarur. Mas'ullik yon atrofimizda bo‘layotgan xodisalar moxiyatini chuqurroq o‘rganish, anglash maxalla ko‘ydagi tanish notanish insonlarning xatti xarakatiga xushyorlik bilan baho berish, eng muximi xech narsaga beparvo bo‘lmaslik tinchlik uchun mas'ullikning poydevori xisoblanadi. Demak imoni komil but inson yon atrofiga xamisha xushyorlik bilan boqadi.

Zero o‘z xuzurini o‘ylab boshqalar xaqida qayg‘urmaydigan  kishilar  muqaddas dinimizda xam qattiq qoralanadi. Har bir inson, aslida farovon va emin-erkin yashashi uchun tug‘iladi. Shunday ekan, tinchlik va osoyishtalik deb atalmish bebaho ne'matni asrash har bir yurtdoshimizning burchi hisoblanadi. Afsuski, dunyoga xavf solayotgan­ tahdidlar serqirra bo‘lib, endilikda u biron davlat yoki mintaqa bilan chegaralanib qolayotgani yo‘q. U butun dunyoga xavf solmoqda. Jumladan, bugungi­ tahdidlar siyosiy va ekstremizm, millatchilik va milliy mahdudlik, etnik va millatlararo nizo­lar, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik ziddiyatlari, korrupsiya hamda jinoyatchilik va ekologik muam­­molarni o‘z ichiga qamrab olmoqda.

Insoniyat uchun, uning taraqqiyoti uchun jiddiy xavf solayotgan bu tahdidlar qarshisida hushyor va ogoh turishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Zero, terrorizm, siyosiy va ekstremizm, narkobiznes ko‘rinishida, «ommaviy madaniyat»  ni­qo­bida kirib kelayotgan turli xavf-xatarlar insoniyatni qanday balo-qazolarga duchor etayotganini ko‘rib-bilib turibmiz.

Hushyorlik xavf-xatardan asraydi, falokatlarning oldini oladi. Ayniqsa, tinchligimizga  nimalar tahdid solayotganini oldindan ko‘rib, anglab olinsa, ularga qarshi chora topishga vaqt ham, imkon ham bo‘ladi. Bugun dunyoda yuz berayotgan turli voqea-hodisalar, tahdidlar birgina o‘sha davlat yoki mintaqa hayotiga daxldor degan inson xam adashadi. Chegara bilmas bu xavf-xatarlar butun insoniyatning, taraqqiyotning dushmanidir.

Azaldan yurtimizda tinchlik va totuvlik, hamkorlik va hamjihatlik ruhi yuksak qadrlangan. Chunki insonlar ongini ezgu fikr egallasa, har qanday kelishmovchilik, buzg‘unchilik va yovuzlik rad etiladi. Ezgu fikrning ifodasi bo‘lgan so‘z yaxshilik va xushmuomalalikning keng yoyilishiga, bu o‘z navbatida, ezgu amallarning chuqur ildiz otishiga, har bir insonning o‘z vazifasini samimiy va sidqidildan ado etishiga va shu yo‘l bilan mamlakat rivoji hamda bunyodkorlikka yo‘l ochadi.

Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 15/02/2022 08:01;   Ko‘rilganligi: 929
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/hushyorlik-tinchlik-demakdir
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 13:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing