O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mazhabsizlik dindan chiqishga olib boradigan ko‘prikdir!!!

 
 

Mazhabsizlikni yoyilishi Islom diniga xususan musulmonlar birligiga ulkan tahdid tug‘diradigan omil ekaniga shubha yo‘q. Mazhabsizlar o‘zlarini biror-bir mazhabga amal qilmasliklarini da'vo qiladilaru, aslida namoz va boshqa ibodatlarda to‘rt mazhab imomlaridan biriga ergashadilar. Bundan boshqa ilojlari ham yo‘q. Negaki, ijtihod qilishga har kim ham qodir bo‘lolmaydi. Chunki bu ishni qilish uchun shar'iy dalillardan hukmlarni chiqarib olishga yetarli darajada ilmiy va aqliy quvvat lozim

Mazhabsizlik- deganda xam asrimiz ulamolaridan bo‘lgan Muhammad Said Ramazon Butiy rohimahullohni eng munosib ta'riflari «Mazhabsizlik Islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid'at» deganidir.

Shu mavzu'da so‘z yuritar yekanmiz avvalo "mazhab " so‘zini lug‘aviy va shari'atdagi ta'rifiga muxtojmiz.

«Mazhab» so‘zi arab tilida «ketdi», «bordi» ma'nosini anglatuvchi «zahaba» fe'lidan olingan bo‘lib, «yo‘l», «yo‘nalish» deganidir. Shar'iy istilohda "to‘rtta fiqhiy mazhab imomlarining yo‘llaridir"

Ming afsuslar bo‘lsinki ba'zan, "Mazhab "degan narsa Rasulullohning davrlarida bo‘lmagan, biz ularga emas Alloh va Rasuliga ergashamiz deb bong urib, Allohni ulug‘ kalomi va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni hadisi muboraklarini, o‘z ra'yilari bilan fahmlayotganlar ham yo‘q emas.

Qur'oni Karim va Rosululloh sollalohu alayhi vasallamni hadisi muboraklarini, ulamolarimiz sharhlari bilangina fahmlamoqga buyurilganmiz. Kitobu sunnatni o‘zidan, o‘zimizcha ta'vil qilishdan esa qaytarilganmiz.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Qur'on haqida ra'y bilan gapirishni harom deganlar: Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Mendan eshitilmagan hadislarni (rivoyat qilishdan) saqlaninglar. Kimki menga yolg‘onni nisbatini bersa, u o‘ziga do‘zaxdan joy tayyorlabdi. Kimki Qur'onni o‘zicha tafsir qilsa, u o‘ziga do‘zaxdan joy tayyorlabdi».

Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki Qur'ondan o‘z ra'yi bilan gapirsa, rost gapirsa ham, xato qilgan bo‘ladi»;

Ular o‘zlarini mazhabsiz deb da'vo qiladilar-u, aslida o‘zlari ham namoz va boshqa ibodatlarda aynan to‘rt mashhur mazhab imomlaridan biriga ergashadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlaymizki: To‘rt mazhabdan birini mahkam tutish vojib sanaladi. Bunga barcha musulmonlar ummati ijmo' qilgan. Hatto Muhammad Said Ramazon Butiy hazratlari: “Mazhabsizlik dindan chiqishga olib boradigan ko‘prikdir”, deganlar.

Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 10/02/2022 08:06;   Ko‘rilganligi: 823
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/mazhabsizlik-dindan-chiqishga-olib-boradigan-koprikdir
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing