Kelin bu o‘g‘lingiz jufti xaloli.Past sanab hurmatlang qovokni uyib, Shod bo‘lib qolarsiz nabira suyib.
Hayotimizda ro‘y berayotgan har bir voqea, har bir o‘zgarishida xalqimizning buyuk istiqbolini ko‘ramiz. Oila masalasi esa bugungi kunimizning bosh mezoniga aylanib bormokda. Chunki oila tinchiligi-jamiyat tinchligidir. Oilalar tinch, baxtiyor bo‘lgan davlat eng kuchli, eng rivojlangan maskandir. Mexribon nasihatgo‘y, duogo‘y ota - onamizdir.
Insonninng oila qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zidan pokiza nasl qoldirishdir.Turmush qurish har bir yigit - qizning orzu-havasidir. Qolaversa ota - onaning ham orzusidir. Ota - onamiz bizlarga doimo samimiy, sadoqatli, mehribon, kamtarin, oliyjanob va adolatli, to‘g‘ri so‘zli inson bo‘lgin deb har doim uqtirar edilar. Ona bir qo‘lida beshikni, bir qo‘lida dunyoni tebratadi. Uning qadoqqo‘llarida dunyoning aksi, kelajagi porlaydi.
Odob, xulq, axloq tushunchalariga ta'rif
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Sahobalar fitnalardan xoli zotlardir
Tarixni o‘rganayotgan inson avvalo, e'tibor qaratishi kerak bo‘lgan narsa bu undagi ma'lumotlarning nechog‘lik sahih va to‘g‘ri ekanligidir. Agar tarix sahih masdarlarga asoslangan bo‘lsa, uning natijasi manfaatli bo‘ladi. Agar aksincha bo‘ladigan bo‘lsa, natija ham o‘ziga yarasha bo‘ladi. Tarix suyanishi kerak bo‘lgan masdarlarning birinchisi Qur'oni karimdir. Chunki Alloh taolo u haqida «Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil (nohaqlik) kelmas. (U) hikmat va hamd egasi (tomoni)dan nozil qilingandir»[1] , deb marhamat qilgan. Qur'onda ko‘plab tarixiy voqea va hodisalar bayon qilingan. Ba'zi o‘rinlarda voqealarning tafsilotiga kirishilgan bo‘lsa, ba'zi o‘rinlarda holatga qarab uning tafsilotiga kirishilmagan.
Farosat, karomat va istidroj
Farosat lug‘atda “fahmlash”, “o‘tkir aql” kabi ma'nolarni anglatadi. Shuning uchun ham xalqimizda “Farosat yarim karomat”degan hikmatli so‘z bor. “Tuhfatul aoliy” kitobida farosat turlarga ajratilib sharhlangan:
– Iymoniy farosat, banda qalbiga solgan Alloh taoloning nuri bo‘lib, qalbni chulg‘ab oladigan idrokdan iborat bo‘ladi. Ushbu farosat iymon quvvatiga ko‘ra turlicha bo‘lib, iymon qanchalik kuchli bo‘lsa, farosat ham shuncha o‘tkir bo‘ladi.
VATAN HIMOYASI - MUQADDAS BURCHDIR!
Inson o‘z yurti uchun har ishga tayyor turishi, uning ravnaqi, tinchligi uchun kurashish hayotining asosiy mezoni bo‘lishi kerak. Zero, Vatanga xizmat qilish eng oliy burchdir. Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk davrdan yanvar oyining 14-sanasi mamlakatimiz tarixiga zarhal harflari bilan yozilgan edi. Chunki o‘sha kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga asos solindi.
Yoshlar yurtimiz buyuk kelajagining garovidir
Ma'lumki, jamiyatimizning gullab-yashnashi, taraqqiy etishi yoshlarimizning aqliy, ilmiy, jismoniy salohiyatiga, ma'naviyatiga bog‘liqdir. Ayniqsa, aholisining katta qismini yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladigan bizning yurtimizda bu masalaning ahamiyati benihoyat katta. Albatta, har tomonlama yetuk shaxs, ma'naviyatli yoshlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Balki, ularning tarbiyasi, ta'limi bilan shug‘ullanish, ularni kitob o‘qishga, ilm olishga qiziqtirishimiz kerak. Buning uchun kerakli shart-sharoitlar yaratishimiz kerak. Shu bilan bir qatorda ularni ezgulikdan, haq yo‘ldan chalg‘ituvchi yomon illatlardan ham saqlashimiz lozimdir. Ana shunday illatlardan biri muqaddas Islom dinini notayin kishilardan o‘rganishdir.
Samarqandlik Hofizi Qur'oni ikki qiroat yo‘nalishidan ijoza oldi !!!
Ko‘hna tarixga ega, azim Samarqand diyori farzandi, Samarqandning Urgut tumanida tug‘ilib o‘sgan, hozirda Toshkent islom instituti Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi uslubchisi Sirojiddin Shodmonov Imom Hafsning Osim ibn Abun Najuddan qilgan rivoyati Shotibiya yo‘li hamda Imom Sho‘baning Osim ibn Abun Najuddan qilgan rivoyati Shotibiya yo‘li orqali Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bog‘langan sanadi bilan Qur'on qiroati bo‘yicha ijoza sohibi, Tahfizul Qur'on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matovdan ijoza oldi.
Itning a'zolari va qoldig‘i borasidagi fiqhiy qarashlar va ixtiloflar.
It najosati aynmi yoki yo‘qmi degan masalada fuqaholar o‘rtasida ixtiloflar bor. Bu ixtiloflarga nazar solishdan avval najosati ayn nima ekanini bilib olishimiz lozim.
Najosati ayn (ayni najosat, najasul ayn) – butkul najosat degani. Masalan cho‘chqaning najosati ayn ekanligida ixtilof yo‘q.
«Eshitgan narsasini gapiraverishi kishining gunohkor bo‘lishiga kifoya» - Ibrohimjon Inomov
Inson bu dunyoda jismonan sog‘lom bo‘lib yashashi uchun suv va havoga qanchalik muhtoj bo‘lsa, ma'nan milliy qadriyatlarga, ma'rifatga shunchalik ehtiyoj sezadi.
Bu qadriyatlarning, ma'rifatning ildizi Islom ta'limoti bilan sug‘orilgan bo‘lsa, ikki karra saodatdir! Aksincha bo‘lsa, qashshoqlikdan boshqa narsa emas.
Ogoh bo‘ling
Ogoh bo‘ling. Inson bu dunyoni bir kuni tark etishi bor. Tayyormisiz? Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Bu dunyoda yashayapsiz, xoru-zor bo‘lmaslik uchun molu-dunyo ham kerak. Ammo halol yo‘l bilan topilgan bo‘lishb, undan Alloh yo‘lida foydalanish ham lozim ekan. Chunki, jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *




















