O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Yoshlar yurtimiz buyuk kelajagining garovidir

 
 

Ma'lumki, jamiyatimizning gullab-yashnashi, taraqqiy etishi yoshlarimizning aqliy, ilmiy, jismoniy salohiyatiga, ma'naviyatiga bog‘liqdir. Ayniqsa, aholisining katta qismini yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladigan bizning yurtimizda bu masalaning ahamiyati benihoyat katta. Albatta, har tomonlama yetuk shaxs, ma'naviyatli yoshlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Balki, ularning tarbiyasi, ta'limi bilan shug‘ullanish, ularni kitob o‘qishga, ilm olishga qiziqtirishimiz kerak. Buning uchun kerakli shart-sharoitlar yaratishimiz kerak. Shu bilan bir qatorda ularni ezgulikdan, haq yo‘ldan chalg‘ituvchi yomon illatlardan ham saqlashimiz lozimdir. Ana shunday illatlardan biri muqaddas Islom dinini notayin kishilardan o‘rganishdir.

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itishga sabab bo‘lgan omillardan biri ijtimoiy tarmoqlarda berkinib olgan kimsalardan ilm olishlaridir. Din ilmi to‘g‘ri kelgan kimsalardan olinmaydi. Dinni nasl-nasabi ma'lum, ustozi, mazhabi, e'tiqodi tayin kishilardan olinadi. Gapirayotgan gapi boshqa, maqsadi boshqa odamlar jamiyat uchun katta xavf tug‘diradi. Musulmonlarni turli firqalarga bo‘lib tashlaydi. Musulmonlarni turli fitnalarga solayotgan kishilar ma'ruzalarini telefonda saqlash, tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ko‘l telefonlarimiz orqali ogohlantirildik. Har bir fuqaro bundan tegishli xulosa chiqarib, javobgarlikka sabab bo‘ladigan ishni qilib, o‘z boshiga o‘zi tashvish orttirib olmasliklari kerak. Ayrim kishilar kelgan xabarga qiziqib, har-xil video, audiolarini topib ko‘rishmoqda. Bu xatodir. Aslo bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Dinni ishonchli, e'tiborli, ko‘pchilik e'tirof qilgan ustozlardan o‘rganish to‘g‘ri yo‘ldir.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda yoshlarimizning kamoloti yo‘lida barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Zero, imon-e'tiqodi mustahkam, ilm-ma'rifatli, jismonan sog‘lom yoshlar yurtning buyuk kelajagi garovidir.

Sharipova Gulnora – Samarqand shahar Murod Avliyo jome' masjidi imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi.


Kiritilgan vaqti: 11/01/2023 10:22;   Ko‘rilganligi: 685
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/yoshlar-yurtimiz-buyuk-kelajagining-garovidir
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 21:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing