Kelin bu o‘g‘lingiz jufti xaloli.Past sanab hurmatlang qovokni uyib, Shod bo‘lib qolarsiz nabira suyib.
Hayotimizda ro‘y berayotgan har bir voqea, har bir o‘zgarishida xalqimizning buyuk istiqbolini ko‘ramiz. Oila masalasi esa bugungi kunimizning bosh mezoniga aylanib bormokda. Chunki oila tinchiligi-jamiyat tinchligidir. Oilalar tinch, baxtiyor bo‘lgan davlat eng kuchli, eng rivojlangan maskandir. Mexribon nasihatgo‘y, duogo‘y ota - onamizdir.
Insonninng oila qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zidan pokiza nasl qoldirishdir.Turmush qurish har bir yigit - qizning orzu-havasidir. Qolaversa ota - onaning ham orzusidir. Ota - onamiz bizlarga doimo samimiy, sadoqatli, mehribon, kamtarin, oliyjanob va adolatli, to‘g‘ri so‘zli inson bo‘lgin deb har doim uqtirar edilar. Ona bir qo‘lida beshikni, bir qo‘lida dunyoni tebratadi. Uning qadoqqo‘llarida dunyoning aksi, kelajagi porlaydi.
Darhaqiqat ayol bir ishga qo‘l urar ekan undan gul unadi. Bu esa haqiqatdir. Ona – Mo‘tabar buyuk zot! Har bir inson ona muhabbatini, mehrini his qilib yashasa kerak. Qaynona ham bir onadir. O‘g‘il to‘g‘ib, katta qilib, bo‘yi bilan bo‘yini tenglashtirib, oq yuvib, oq tarab katta qiladi. Qaynona ham, ona ham oila bekasi. Dunyoda har xil toifada insonlar bor. Besh qo‘limiz ya'ni: (besh barmog‘imiz) barobar emas. Shuning uchun ham kelinlarini o‘z qizlaridek ko‘rsalar nur ustida a'lo nur bo‘lar edi.
Shoir Otabek Boqoniy o‘z she'rlarida:
Kelinni o‘ksitmang
Kelinni ranjitmang
Kelinni so‘kmang,
Baxt izlab o‘z uyini tashlab kelgandir.
Kalbida zarracha yomonligi yo‘k.
Niyati yaxshilik ezgulik faqat,
Kelin bu o‘g‘lingiz jufti xaloli.
Past sanab hurmatlang qovokni uyib,
Shod bo‘lib qolarsiz nabira suyib.
Dunyoda kim nenii olib ketadi,
Baxt tilab, ularga duolar ayting.
Darhaqiqat! Mehr ko‘zda emasmi?
Qaynona-kelin har ikkalasi ham mujassamdir. Mening o‘ylashimcha shunday ekan aziz qaynonajonlar, kelinlaringizni o‘z farzandlaringizdek qabul qiling. U ham birovning farzandi. Kelin mustaqil hayotga qadam ko‘yar ekan. Oila deb atalmish go‘shaning o‘ziga yarasha sirlari bo‘ladi. Oilaviy sirlari faqat oilaga tegishli bo‘lgani bois atrofdagilarga oshkor qilinmaydi. Kelin o‘zi tushgan xonadonning birinchi bekasi ya'ni qaynonasini qaynona deb emas, “erimning onasi” -deb hurmat qilishlari lozim.
Kelin qaynonasidan hayot, ro‘zg‘or yumushlaridan tez-tez maslahat so‘rab turishi kerak. Kelin qaynonasining oldida eriga suykalanib, erkalanmasligi kerak. Er-xotin qaynona oldida bir-biriga suykalanaversa, qaynona o‘zini kamsitilgandek his etib kelinni yoktirmaydi. Qarz ikki qo‘ldan chiqadi. Oilada xotirjamlik mehr muhabbati bilan xotiniga sevgisini bir-biridan farqlay olishi kerak. Zero oila hayoti hech qachon shodu xurramlik, baxt saodatdan iborat bo‘lmaydi.
Oilada qaynonalar yoshi ulug‘ tajribali bo‘lganlari uchun, yosh kelinlaridan o‘tgan kamchilik va xatolarini kechirib, bilmaganlarini o‘rgatishi bag‘rikenglik qilishlari darkor.
Mana shu haqda Payg‘ambarimiz s.a.v muborak hadislarining birida “Kichiklarimizga rahm qilmagan, kattalarimizni hurmat qilmagan, yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarmagan bizdan emas”, -deganlar. (Imom Termiziy rivoyati).
Demak kechirimli bo‘lish dinimizda maqtalgan sifatlardan hisoblanadi.
Oilada er-xotin, qaynona va kelin o‘zlarining mas'uliyatlarini his etib vazifalarini to‘liq ado etib borsalargina oila tinch-totuvlik bilan bardavom mustahkam bo‘ladi.
Allox ta'olodan har bir kelin-kuyovga pand-nasihatlarga amal qilib hayot kechirishlarini, ikki dunyo baxtu-saodatiga musharraf bo‘lishlarini tilab qolamiz.
A.Raxmatova Samarqand tuman bosh otinoyisi
Kiritilgan vaqti: 18/01/2023 11:17; Ko‘rilganligi: 785
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:52