Долзарб мавзу

Chaqimchi jannatga kirmaydi!

Axloq insonni tavsiflovchi eng ajoyib narsalardan biridir. U barcha vaziyatlarda bir xil suratda namoyon bo‘ladigan, insonning ichki qiyofasi va tabiatidir. Musulmon olimlar axloqni shaxsning muomalasidagi xatti-harakatlarini tartibga soluvchi tamoyillar, qadriyatlar va kelishilgan me'yorlar yig‘indisi deb ta'riflagan. U jamiyatdagi hamjihatlik rishtalarini saqlab qolish uchun shaxsning boshqalar bilan munosabatini tartibga soladi. Axloqsizlik bo‘lsa, nafaqat yakka shaxsning hayotini barbod qiladi, balki jamiyat a'zolariga ta'sir qiladi. Ijtimoiy birlikni buzadigan shunday illatlardan biri chaqimchilikdir.

 

Xudkush terrorchilar: ular kimlar?

Terrorning zamonaviy tarixiga nazar tashlasak, o‘zini o‘zi o‘ldirish, ya'ni xudkushlik yangi hodisa bo‘lib, u 80 yillarda Livanda paydo bo‘ldi va u yerdan butun dunyoga tarqaldi.

Ammo faqat diniy aqidaparast oqimlargina odamlarni xudkushlikka undaydi, deb o‘ylamaslik kerak, marksist millatchilar ham bu taktikadan foydalanganlar. Ular, birinchi navbatda, mustamlakachi davlatlar tomonidan bosib olingan boshqa mamlakatlarda to‘palon chiqarib, o‘sha yerdagi muammolarga o‘z e'tiborlarini qaratganlar. Keyinchalik marksistlar o‘z faoliyatlarini katta shaharlarga ko‘chirishdi. Keng infratuzilmaga ega zamonaviy poytaxtlar kichik xarajat evaziga katta vahima va vayronagarchilik uchun oson nishonga aylandi.

 

Bilasizmi?

Masjidul-Harom (Makka) hududida birinchi o‘rnashgan odam ayol kishi bo‘lgan. U Hojar onamizdir!

Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga birinchi bo‘lib iymon keltirgan ham ayol kishi edi. U Xadicha onamizdir!

Allohning yo‘lida birinchi bo‘lib ayol kishining qoni to‘kilgan. U Ammor ibn Yosirning onasi Sumayya roziyallohu anho edi.

Alloh subhanahu va ta'olo Qur'onda asosiy hukmlari ayollarga bag‘ishlangan va ularning nomi bilan atalgan "Niso" ("Ayollar") surasini nozil qildi. Bu sura uzunligi bo‘yicha Qur'onda uchinchi o‘rinda turadi.

 

SHOM namozining kayfiyati va odoblari

Qozilardan biri bir yosh yigitni masjidda zuhd haqida gapirayotganini eshitibdi va shogirdlariga:
"Qani bu yigitni oldiga borib savol so‘raylikchi, agar bizga javob bera olsa u bilan birga o‘tiramiz", dedi.
So‘ngra ular masjidga kirib:

 

Ayol erkakga Allohning omonati etib berilgandir!

Ayol kishi ro‘zg‘origa xarajat  qilishga majbur emas. Bu to‘lig‘icha erning vazifasi . Er xotinning mulkiga daxl qilmasdan mahr beradi, to‘y qilad, uy – joy bilan ta'minlaydi, xotin bola – chaqasini parvarish qiladi. Bu xolat ayol uchun moliyaviy imtiyozdir. Agar hamroh bo‘ladigan mahrami bo‘lmasa , ayollarga haj farz bo‘lmaydi.

 

Farzand tarbiyasi – nozik masala

Farzandlarning go‘zal axloqli va chiroyli tarbiyali bo‘lishida har bir ota-ona farzandi haqiga qiladigan yaxshi duolari katta ahamiyatga ega. Chunki ota-onaning farzandi haqiga qilgan duosi mustajobdir. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Uch kishiningi duosi qabuldir: otaning farzandiga qilgan duosi, mazlumning duosi va musofirning duosi”, deganlar. Shunday ekan, ota-ona bunday ne'mat va imkoniyatdan unumli foydalanishi va farzandlarining solih va komil inson bo‘lib voyaga yetishini Allohdan so‘rashi lozim. Shu bilan bir qatorda ota-ona farzandi haqiga yomon duo qilib qo‘yishdan extiyot bo‘lish kerak.

 

Vatanga xiyonat jazosiz qolmas (Rivoyat)

O‘tmishda o‘ta zolimligi bilan nom chiqargan bir qaroqchi yashagan ekan. U butun umrini qaroqchilik, talonchilik bilan o‘tqazib, o‘tkinchi karvonlarni yo‘lini to‘sib, mol-mulkini talon-taroj qilar ekan. Bir kuni katta karvonni yo‘lini to‘sibdi. Karvonning egasi keksa bir donishmand shayx edi. Qaroqchi karvondagi mollarni zulm va zo‘rlik bilan tortib olayotganini ko‘rgan donishmand shayxga qarab: “Eh, seni holingga voy bo‘lsin!!! Nahotki onang seni zolimlik va qaroqchilik bilan kun kechirishing va do‘zax otashida kuyib yonishing uchun dunyoga keltirgan bo‘lsa. Bu ishlaring ulkan gunoh ekanligini bilmaysanmi?” dedi. Donishmandning bu so‘zlari qaroqchiga qattiq ta'sir qildi va o‘zini shayxning oyog‘i ostiga tashladi. Aytdiki: «Meni gunohlarimni Alloh kechirarmikan, butun hayotimni qaroqchilik qilib ko‘plab insonlarga zulm o‘tkazganman», dedi.

 

Mazhablar birdamlik ramzi

Ma'lumki, Islom olamining ahli sunna toifasi ichida to‘rtta fiqhiy mazhab bo‘lib, ular Hanafiy, Molikiy, Shofe'iy va Hanbaliy mazhablaridir. Agar islom tarixiga nazar tashlansa, bu mazhablarning kelib chiqishidan oldin ham turli mazhab va yo‘nalishlar bo‘lgan. Lekin u mazhablar muayyan shaxs nomi bilan emas, balki shahar va mintaqa aholisi nomi bilan atalgan. Masalan, Madinaliklar mazhabi, Makkaliklar mazhabi va hokazo. Imom Molik rahmatullohi alayh o‘zlarining mashhur “Muvatto” (ommabop) kitoblarini yozilish tarixini zikr qilganlarida shunday degan edilar: Xalifa Abu Ja'far al-Mansur bilan hajda uchrashib qoldik, shunda u menga: “Men bilan sizdan boshqa olim qolmadi, men siyosat bilan mashg‘ulman.

 

Bugungi kundagi ekstremistik  oqimlarining «Jihod» deb nomlayotganlari  odamlarni  zo‘ravonlik, vahshiyliklarga boshlovchi   fitnadir.

Afsuski, bugungi kunda qora kuchlar tomonidan Yaqin Sharq mintaqasida, qo‘shni Afg‘onistonda sodir etilayotgan qonli to‘qnashuvlar uyushtirilib, siyosiy va iqtisodiy tanglik keltirib chiqarilmoqda. Mazkur hududlarda go‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, vahshiyliklarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar ko‘payib ketdi.

Taassufki, Islom dinini niqob qilib olgan mutaassib shaxslar ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek kontentida Iroq va Suriya kabi mamlakatlarda terrorchilik harakatlari olib borayotgan jangarilarni qo‘llab-quvvatlashga targ‘ib qilmoqda.

 

Vatanga muhabbatli bo‘laylik chunki insonga berilgan eng bebaho ne'matlardan biri – o‘z Vatanida yashashdir!

Ma'lumki, insonga berilgan eng bebaho ne'matlardan biri – o‘z Vatanida yashashdir. Chunki Vatan – uning kindik qoni to‘kilgan, beg‘ubor go‘daklik chog‘lari o‘tgan, ilk qadamlarini qo‘ygan, yoshlik, keksalik davrlarini suradigan, xotiralari muhrlangan, ota-bobolarining yurti, farzandu nabiralari ulg‘ayadigan zamindir. Shuning uchun har bir inson Vatanni sevishi va unga muhabbat qo‘yishi, ya'ni vatanparvar bo‘lishi lozimdir. Vatanparvarlik ota-bobolardan qolgan zaminni sevish, xalqning urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o‘z ona vatanini dushmanlardan, yot-g‘oyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikni anglatadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing