Maqolalar

UMRNING QADRI

Dono xalqimiz umrni oqib o‘tayotgan daryoga o‘xshatadi. Darhaqiqat, yuz yoshga kirgan kishi ham, dunyoga kelib hech qancha yashamaganligini tan oladi. Bu foniy dunyoning bitmas tuganmas ishlarini oxiriga yetkaza olmaganligidan shikoyat qiladiganlar ham topiladi. Bu ham o‘z yo‘liga, ammo, umr deb atalgan Allohning ulug‘ ne'matini dunyosiga ham, oxiratiga ham foyda keltirmaydigan, bekorchilik, uyqu, yoki bema'ni ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tkazayotgan insonga nima deyish mumkin? Qiyomatda eng ko‘p savol-javob qilinadigan, har bir nafasi, har bir qadami uchun javob beradigan inson, bu dunyoda bema'no gapni ko‘p gapirgan, bema'no ishga mashg‘ul bo‘lgan kishi ekanligi hadis shariflarda bayon qilingan. Umrning har soniyasini qadriga yetish lozimligi haqida, Ibn Abbos r.a. rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz a.s. marhamat qiladilar: Rasululloh s.a.v. bir odamga nasihat qilib, unga: “Sen besh narsani besh narsadan avval g‘animat bilgin: yoshligingni qariligingdan avval, salomatligingni kasal bo‘lishingdan avval, boyligingni faqir bo‘lishingdan avval, bo‘sh vaqtingni bir ishga mashg‘ul bo‘lmasingdan avval va hayotligingni o‘limingdan avval g‘animat bilgin”. – dedilar (Imom Hokim rivoyati).

 

Mahzun bo‘lmang

Hayot o‘zi shunday, qiyinchiliklar, sinov, imtihonlardan iboratdir. Zotan inson mehnat va mashaqqat ichra yaratilgan. Alloh  subhanahu va taolo; ”Darhaqiqatan insonni ( din va dunyo ishlarida mehnat va) mashaqqatda ( bo‘lish uchun) yaratdik. (balad. 4). Kimdir boy-badavlatu ammo salomatligidan shikoyat kiladi. Boshqasi esa sog‘-salomat, ammo faqir, vaqti kelsa yeyishga non topolmaydi.

 

Ichkilikbozlik – jamiyat illati

Jamiyatimizda uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning turlari ko‘p bo‘lgani kabi, uning kelib chiqish sabablari ham turlichadir. Shulardan biri  spirtli ichimlik iste'mol qilishdir. Sir emas, bugunga kelib jamiyatimizda ommaviy ichkilikbozlik avjiga chiqib ketdi. To‘y hashamlar, yaxshi kunlar deyarli usiz o‘tmayapti. Bir paytlar hukumatimiz tomonidan bu haqda qabul qilingan qarorlar joylarda o‘z ijrosini topmasdan qog‘ozlarda qolib ketdi.   Din peshvolari aroqning xarom ekanligini, tibbiyot xodimlari inson salomatligiga zararli ekanligini,  ichki ishlar xodimlari jinoyatlarning sababchisi ekanligini, iqtisodchilarimiz oila iqtisodiga zararli ekanligini tushuntirishlariga qaramasdan ichkilikbozlik aslo kamaymayapti. Xususan, yoshlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib, nasihat qiladigan, ko‘plab mo‘ysafidlarning o‘zlari bu borada nasihatga muhtojligini nima bilan izohlash mumkin?   Natijada undan kasallanib qancha odam vafot etmoqda. Notinch oilalar, ajrimlar, tirik yetimlar, avtohalokat qurbonlari soni ortib bormoqda. Hatto, otasini o‘ldirgan farzandga ham guvoh bo‘ldik.

 

Gunohning turlari

Inson zoti borki, xato qiladi, kamchilikka yo‘l qo‘yadi. Ba'zida bilib-bilmay gunohga qo‘l uradi. Bunday ishlardan tiyilmoq lozim. Quyida gunohlarning qismlarini bilib olishligimiz zarur bo‘ladi.

 

“BESHINCHISI BO‘LMANG, HALOK BO‘LASIZ !”

Alloh taolo islom shiorlarini qadrlashga targ‘ib qilgan va ularni toptash, masxara qilishdan qattiq qaytargan. Jumladan, Haq taolo Qur'oni karimda bunday deydi: “Ey, imon keltirganlar! Allohning (hajga doir) shiorlarini, “Harom oy” (haj oylari)ni halol deb hisoblamangiz...!” (Moida surasi 2-oyat). Yana bir oyati karimada: “(Gap) shudir. Yana kimki Allohning shiorlari (qurbonliklar)ni ulug‘ deb bilsa, bas, albatta, (bu) dillarning taqvosidandir” (Haj surasi 32-oyat), – deb xitob qilgan.

 

Imom buxoriyning hadis qabul qilishdagi shartlari va boshqa muhaddislarning shartlari bilan qiyosiy tahlili

Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy yashab ijod etgan davrda hadis ilmi juda keng taraqqiy etgan va ko‘plab muhaddislarning hadis to‘plamlari mavjud edi. U zot vafotidan keyin ham bir qancha muhaddislar paydo bo‘ldilar. Shunday bo‘lsada, o‘sha zamon va undan keyin kelgan islom ulamolari va muhaddis olimlar nazdida faqat Imom Buxoriyning «al-Jomiʼ as-sahih» hadislar to‘plami eng sahih va eng mukammal bo‘lib e'tirof etildi.

 

“Men Allohning oldida xato qildim”

Bir yigit bilan uchrashib qoldim. U menga ipak tolasi bo‘yicha muhandis ekanligini, g‘arbda o‘qiganini va hozirda Damashqdagi katta bir zavodda ishlashini aytdi. U: “Menda tutqanoqlik kasali bor. Ba'zida o‘zimning mashinamda (bu eng xatarlisi), gohida esa jamoat transportlarida, yo‘lda, kutubxonada va ba'zida uyda ushbu kasalim tutadi. Bir kunda yoki bir haftada 3 martadan 5 martagacha takrorlanadi. Bu kasallikdan nahoyatda charchadim va ezilib kettim. Nima uchun bu kasallikni Alloh menga bergan?” dedi.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi sharqona naqshli italyan oynasi va billur buyumlari bilan bezatiladi

O‘zbekistondagi islom svilizatsiyasi markazini barpo etish jarayonida ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanish muhimligini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi mazkur sohaga keng bilim, amaliy tajriba va texnik imkoniyatlarga ega yetakchi Italiya kompaniyalarini loyihada ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha ish olib bordi.

 

Fitnalarga nisbatan immunitet hosil qilish

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan Huzayfa ibnul Yamon roziyallohu anhu quyidagi hadisni rivoyat qiladilar (Sahihi Muslimda keladi): «Fitnalar (turli ma'siyatlaru, Alloh rozi bo‘lmaydigan ishlar) inson qalbiga xuddi bo‘yraning cho‘plaridek birma-bir ko‘ndalang qilinadi. Qaysi qalb uni shimib olsa, qalbida (har bir fitnaga) bitta qora dog‘ hosil bo‘ladi, qaysi qalb uni inkor etsa, qalbida bir nurli oq belgi hosil bo‘ladi. Shu holda borib qalblar ikki xil bo‘ladi: xuddi sadafdek silliq oq (nurli) qalb, yeru osmon turar ekan, bunday qalbga keyin fitna-fasodlar ta'sir qilmaydi, yana biri qop-qora xuddi to‘ntarilgan qurumli choydishdek bo‘lgan qalb, na ezgulikni taniydi, na munkar-yomonlik ma'siyatlarni inkor eta oladi, faqat (maraz) qalbi shimgan havoyi nafsidan boshqasini tanimaydi».

 

Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad Moturidiy (vaf. 333/944 y.)

Abu Nasr Iyodiydan so‘ngra Dorul Juzjoniyaning rahbarligiga uning eng yaxshi ko‘rgan va eng muvaffaqiyatli shogirdi Abu Mansur Moturidiy tayinlandi[1]. Garchi u joyda Abu Ahmad Iyodiy ham bosh ustoz vazifasida ishlagan bo‘lsa-da, Abu Ahmadning rahbarligi davrida ham maktabning asl ustozi doim Moturidiy bo‘ldi. Zero, Abu Nasr shahid bo‘lganida Abu Ahmad hali yosh bola va tahsilini tugatmagan edi[2]. Moturidiy esa tahsilini tugatib, umrining oxiriga qadar u yerda dars bergan edi[3]. Ustozining muhabbati va e'tiborini qozongan shogirdi – Moturidiy kelmaguncha ustozi Abu Nasr darsni boshlamas, uzoqdan uning kelayotganini ko‘rib, uni maqtay boshlardi[4].

 

Qarindoshlik rishtasini mahkam bog‘lang!

Alloh taolo biz bandalariga shu qadar mehribonki, O‘zining roziligini yaxshi amallar ichiga berkitgan. Bandalar Robbisining roziligini shaxsiy va ijtimoiy ibodatlarni xolis ado etib, ularni birgalikda olib borishi bilan hosil qiladi. Mo‘min kishi namoz o‘qib, kishilar o‘rtasida chiroyli muomila qilmas ekan, ibodatlari bilan robbisini rozi qilolmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shuningdek. Kishilar o‘rtasidagi chiroyli muomilalardan biri — Silayi rahmdir.

 

Me'yor dasturimiz bo‘lsin!

Me'yor – o‘rtacha yo‘lni tutish, mo‘tadillik demak. Har sohada, har bir mavzuda o‘rta yo‘lni tutish marg‘ub sanaladi. Hatto yaxshi, savobli ishni bajarishda ham me'yor shart. Alloh taolo marhamat qiladi: “Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo‘llari) buning o‘rtasida – mo‘tadildir” (Furqon, 67).

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing