Maqolalar

Imom Moturidiyga qanday unvonlar berilgan?

Ilgari musulmonlar ayrim ulamolarni ulug‘lab, “Shayxul Islom” (Islom dini shayxi), “Faxrul Islom” (Islom dini faxri), “Hujjatul Islom” (Islom dini hujjati), “Najmul ulamo” (Ulamolar yulduzi), “Muftiy saqolayn” (Insu-jin muftiysi), “Lisonul mutakallimiyn” (Mutakallimlarning so‘zlovchi tili) kabi unvonlar bilan ataganlar. Bunday atash aslo mubolag‘a bo‘lmagan. Balki u muhtaram ulamolar haqiqatdan ushbu unvonlarga loyiq bo‘lganlar. Masalan, “Shamsul aimma” (Imomlar quyoshi) unvoni berilgan Saraxsiy rahmatullohi alayh o‘n ikki ming risolani yod olgani naql qilingan.

 

“Sahihul Buxoriy”dagi fiqhiy qarashlar

Butun Islom olamida Qur'oni karimdan keyingi manba deb tan olingan “Al-Jomi' as-Sahih” hadis to‘plami Imom Buxoriyning uzoq yillik mehnatining samarasi bo‘lib, sahih hadislar bilan birgalikda shariatdagi nafis durdonalarni ham o‘z ichiga qamrab olgan. Shulardan biri, Imom Buxoriyning ushbu asari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan fiqhiy hukmlarni chiqarib olishda ko‘pgina foydalarni o‘zida mujassam etgan. Imom Buxoriy bu foydalarni ko‘proq “Sahihul Buxoriy”ning boblari uchun tuzilgan sarlavhalarda joylashtirdi. Bundan ma'lum bo‘ladiki, u kishi fiqh ilmida ham teran bilim egasi bo‘lgan. Bular Imom Buxoriyning fiqh ilmida va hukmlarni chiqarib olishda mustaqil  xolatda ijtihod qilganiga dalil bo‘ladi. Albatta bu borada o‘zidan oldin yashab o‘tgan Imom Molik, Imom Ahmad ibn Hanbal, Sufyon Savriy va Avzo'iy kabi mujtahid imomlarning fiqhiy yo‘nalishdagi qilgan ijtihodlaridan foydalangan. Bu borada yuqoridagi va boshqa mujtahid imomlarning qilgan ijtihodlarini ham o‘rgangan. O‘zidan keyingi ulamolardan Ya'qub ibn Ibrohim Davroqiy Imom Buxoriyning shariat qonunlaridagi o‘rnini bildirib shunday degan: “Muhammad ibn Ismoil bu ummatning faqihidir”. Is'hoq ibn Rohavayh: “Ey hadis ilmi jamoasi! Bu o‘spirin yigitga e'tibor berib, undan hadis yozib olinglar. Chunki u kishi Hasan Basriy zamonlarida bo‘lganida edi, albatta uning hadis va fiqhdagi ilmiga odamlarning  ehtiyoji tushar edi”, deb Imom Buxoriyni olqishlagan.

 

Molik ibn Dinor

Mashhur tobe'iy, yetuk olim, taqvodor inson Molik ibn Dinor ko‘p sahobalar ichida, ulardan ibrat olib ulg‘aydi. Otasi Dinor kitob va nomalarni qalam haqi evaziga yozar, shu ishdan kelgan daromad bilan tirikchilik qilardi. Butun umri eski, yamoq kiyimlarda, obi yovg‘on bilan o‘tgan bo‘lsa ham, biror marta nolimagan sabrli kishi edi.

 

Qabriston – ibratxonadir

Dinimizda targ‘ib qilingan amallardan biri bu qabristonlarni ziyorat qilishdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam:

عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ عَنْ أَبِيهِ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- « قَدْ كُنْتُ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ فَقَدْ أُذِنَ لِمُحَمَّدٍ فِى زِيَارَةِ قَبْرِ أُمِّهِ فَزُورُوهَا فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ الآخِرَةَ »

 

Amal va iymon haqidagi bahslar tahlili

 Ulamolar lafziy ixtilof qilingan masalalarni muolaja qilishga va ularning natijalarini batafsil yoritishga doimo harakat qilib kelganlar. Ana shunday lafziy ixtilof qilingan masalalardan biri amal va imon masalasidir. 

 

NIKOH MUQADDAS RISHTA

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

Nikohni odamlar orasidagi eng muqaddas robita va halol aloqa qilib bergan Alloh taologa O‘z zotiga munosib hamdu sanolar bo‘lsin.

 

Ta'lim va tarbiya bir-biriga bog‘liqdir.

Darhaqiqat, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak, u o‘zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bo‘lishi kerak. Buning uchun esa insonda avvalo tarbiya ya'ni odob axloqni shakllantirish lozim, undan keyin ta'limga yo‘naltirilsa albatta mehnat o‘z samarasini beradi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis salom hadisi sharifda “Farzandlaringizni yaxshi ko‘ringlar, odobini chiroyli qilinglar”- deb, boshqa bir hadislarida esa “Ilm o‘rganish har bir muslim va muslimaga farzdir”- deb marhamat qilganlar.

 

Amallar qachon qabul bo‘ladi?

Musulmon kishi borki qilgan amallaridan savob umid qiladi. Yaxshi amallari tufayli Allohning roziligini topmoqni istaydi. Shu sabab har kim o‘z bilimidan, dunyoqarashi va saviyasidan kelib chiqib amallarni yaxshi yoki yomonga, savob yoki gunohga ajratadi. Lekin, yaxshi va yomonni, savob yoki gunohni ajratishda kishining saviyasi, bilim yoki farosati mezon bo‘la olmaydi. Bunda asosiy mezon shari'atdir. Ya'ni, Alloh va Uning rosuli yaxshi degan amallar yaxshi, Alloh va Uning rosuli qaytargan amallar esa yomon hisoblanadi. Bu mezonlarni hech  kim o‘z hoxishiga, bilimi va saviyasiga, manzil va  makoniga qarab o‘zgartirishga haqli emas. 

 

Niyat va harakat mutanosib bo‘lsin!

Bir qayiqchining kichik qayig‘i bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo‘lib, ularning birida “niyat”, ikkinchi eshkakda esa “harakat” deb yozilgan.

 

MISSIONERLIK HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy va istilohiy ma'nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.

 

UMRNING QADRI

Dono xalqimiz umrni oqib o‘tayotgan daryoga o‘xshatadi. Darhaqiqat, yuz yoshga kirgan kishi ham, dunyoga kelib hech qancha yashamaganligini tan oladi. Bu foniy dunyoning bitmas tuganmas ishlarini oxiriga yetkaza olmaganligidan shikoyat qiladiganlar ham topiladi. Bu ham o‘z yo‘liga, ammo, umr deb atalgan Allohning ulug‘ ne'matini dunyosiga ham, oxiratiga ham foyda keltirmaydigan, bekorchilik, uyqu, yoki bema'ni ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tkazayotgan insonga nima deyish mumkin? Qiyomatda eng ko‘p savol-javob qilinadigan, har bir nafasi, har bir qadami uchun javob beradigan inson, bu dunyoda bema'no gapni ko‘p gapirgan, bema'no ishga mashg‘ul bo‘lgan kishi ekanligi hadis shariflarda bayon qilingan. Umrning har soniyasini qadriga yetish lozimligi haqida, Ibn Abbos r.a. rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz a.s. marhamat qiladilar: Rasululloh s.a.v. bir odamga nasihat qilib, unga: “Sen besh narsani besh narsadan avval g‘animat bilgin: yoshligingni qariligingdan avval, salomatligingni kasal bo‘lishingdan avval, boyligingni faqir bo‘lishingdan avval, bo‘sh vaqtingni bir ishga mashg‘ul bo‘lmasingdan avval va hayotligingni o‘limingdan avval g‘animat bilgin”. – dedilar (Imom Hokim rivoyati).

 

Mahzun bo‘lmang

Hayot o‘zi shunday, qiyinchiliklar, sinov, imtihonlardan iboratdir. Zotan inson mehnat va mashaqqat ichra yaratilgan. Alloh  subhanahu va taolo; ”Darhaqiqatan insonni ( din va dunyo ishlarida mehnat va) mashaqqatda ( bo‘lish uchun) yaratdik. (balad. 4). Kimdir boy-badavlatu ammo salomatligidan shikoyat kiladi. Boshqasi esa sog‘-salomat, ammo faqir, vaqti kelsa yeyishga non topolmaydi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing