“Men Allohning oldida xato qildim”
Bir yigit bilan uchrashib qoldim. U menga ipak tolasi bo‘yicha muhandis ekanligini, g‘arbda o‘qiganini va hozirda Damashqdagi katta bir zavodda ishlashini aytdi. U: “Menda tutqanoqlik kasali bor. Ba'zida o‘zimning mashinamda (bu eng xatarlisi), gohida esa jamoat transportlarida, yo‘lda, kutubxonada va ba'zida uyda ushbu kasalim tutadi. Bir kunda yoki bir haftada 3 martadan 5 martagacha takrorlanadi. Bu kasallikdan nahoyatda charchadim va ezilib kettim. Nima uchun bu kasallikni Alloh menga bergan?” dedi.
Shu payt miyamda turli fikrlar tug‘ildi. Tutqanoqlik kasali miyaga taalluqli bo‘lib, tuzalmas bir kasallik ekanini bilardim. Lekin u mendan boshqacha javob kutardi. Shunda uyimga taklif qilib, unga suhbat qurib berdim. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima qiladi?” (Niso surasi, 147-oyat).
U meni butun vujudi bilan eshitardi. U mendan bu oyatning ma'nosini so‘radi.
“Modomiki banda Alloh buyurgandek hayot kechirsa, amrlarini ado etsa va qaytariqlaridan qaytsa-yu, Alloh taolo unga dard va azob berishi ajablanarli ish. Chunki Uning O‘zi: “Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima qiladi?” degan bo‘lsa”, dedim.
U bu gapga jiddiy yondoshdi, bir parcha qog‘oz chiqarib: “Ayting, men nima qilishim kerak”, deya yoza boshladi.
Men unga namozlarni o‘z vaqtida o‘qish, tilni tiyish, ko‘zni va quloqni gunohdan to‘sish kabi qirqqa yaqin solih amallarni aytdim. U hammasini yozib oldi. Chunki undagi dard alamli va uni qattiq azoblayotgan edi.
U chiqib ketgach men o‘zimcha uni chalg‘ittim deb o‘yladim. Chunki undagi kasal shifosi yo‘q bo‘lgan bir kasallik edi. Men esa unga Allohning amriga itoat etsa, undan bu dard ketadi dedim.
Juma kuni dars berar edim. U birinchi hafta keldida menga: “Alhamdulillah, hayotimda birinchi marta ushbu haftada menda ushbu kasallik bo‘lmadi”, dedi.
Ishoning! Men shu vaqt butun dunyoga ega bo‘lganday bo‘ldim va “Allohim unga shifo ber!” deb duo qildim.
Ikkinchi jumaga keldi va bu hafta ham kasal bo‘lmaganini aytdi. Uchinchi, to‘rtinchi va nihoyat beshinchi jumada keldi, xursandchiligimning cheki yo‘q edi. Chunki men Allohning aytganini aytdim va Alloh uni ro‘yobga chiqardi. Uni bu kasallikdan uzoq qildi.
Biroq oltinchi xafta kelmadi. Men yana kasali qaytalagan bo‘lsa kerak deb o‘yladim va juda qattiq qayg‘urdim.
Ammo keyingi hafta keldi va menga ishonch bilan: “Hargiz aytgan narsangizdan hijolat bo‘lmang “Men Allohning oldida xato qildim”, dedi. Va o‘tgan xafta gunoh ishga qo‘l urganini aytdi.
Darhaqiqat, bugun boshimizga ne musibatlaru va ne dardlar kelayotgan bo‘lsa, gunohlarimizning ko‘pligidandir. Demak, tavga shoshilishimiz darkor. Shunda Alloh taolo tezda bizni bu balolardan xalos qiladi.
Muhammad Rotib Noblusiyning darsliklaridan
“Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi
Abdurahmonov Yahyo Ubaydulloh o‘g‘lining tarjimasi.
Kiritilgan vaqti: 14/08/2020 15:08; Ko‘rilganligi: 1063
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:28