O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islom sivilizatsiyasi markazi sharqona naqshli italyan oynasi va billur buyumlari bilan bezatiladi

 
 

O‘zbekistondagi islom svilizatsiyasi markazini barpo etish jarayonida ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanish muhimligini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi mazkur sohaga keng bilim, amaliy tajriba va texnik imkoniyatlarga ega yetakchi Italiya kompaniyalarini loyihada ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha ish olib bordi.

Jumladan, Italiya va Yevropaning “iDogi” (venetsiya shisha va billurlaridan yirik mahsulotlarni ishlab chiqarish), “Margraf” (tabiiy marmar ishlab chiqarish va o‘rnatish), “Lasvit” (shisha va yoritish buyumlari), GTArchitects (arxitektura va interyer dizayni) va Novello Giardini (landshaft dizayni) kabi kompaniyalari bilan hamkorlikda ish olib boriladi. Ularning vakillari bir necha marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurgan va dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan ISM kompleksini yaratishga qaratilgan eksklyuziv takliflarni taqdim etishgan.

Karantin cheklovlarini inobatga olgan holda va ushbu loyiha bo‘yicha muloqotni davom ettirish uchun mamlakatimizning Rimdagi diplomatik vakolatxonasi Italiyaning “iDogi” kompaniyasi bilan O‘zbekiston qurilish vazirligi, Toshkent shahar ma'muriyati, ISM direksiyasi va “Trest 12” qurilish kompaniyasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida videoanjuman o‘tkazildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Anjuman davomida “iDogi” bosh direktori Domeniko Kaminiti va maxsus loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha menejer Silviya Formentin kompaniyaning batafsil taqdimotini tayyor mahsulotlarning eng yaxshi namunalari galereyasida virtual tashrif buyurish bilan bir qatorda kompaniyaning ISM bo‘yicha takliflarini taqdim etdilar.

“iDogi” asl Usmon Qur'onini, shuningdek, markaziy zallardagi avizolarni joylashtirish uchun ISM da billur pavilon yaratishni taklif qilmoqda. Pavilon va avizalar eksklyuziv dizayni bo‘yicha xuddi shu uslubda billurdan, sharqona naqshli venetsiya oynasidan, malaxit va lapis lazuli bilan bezatiladi.

“iDogi” rahbari D. Kaminiti 2019 yil oktyabr oyida O‘zbekistonga kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Venetsiya va O‘zbekiston uzoq tarixiy aloqalarga ega. Kaminiti ta'kidlaganidek, XIII asrda taniqli venetsiyalik savdogar va sayyoh Mark Polo o‘zining “Dunyoning rang-barangligi to‘g‘risida” nomli kitobida o‘zbek shaharlari va odamlari haqidagi taassurotlarini bayon etgan.

Mark Polo va boshqa venetsiyalik savdogarlarning yuklari Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab tashilgan. “Biz o‘zbek xalqining madaniy merosiga katta hurmat bilan qaraymiz. Bu bizni ulug‘vor tarixiy loyihada ishtirok etishga ruhlantirdi”, dedi D. Kaminiti.
O‘z navbatida ISM direksiyasi vakillari "iDogi" dizaynerlari va me'morlarida katta taassurot qoldirgan Markazning tuzilishi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil taqdimot qildilar.

Konferensiyada ishtirok etgan Xalqaro aloqalarni rivojlantirish institutining ilmiy maslahatchisi, akademik Tursunali Qo‘ziyev bunday dedi: “O‘zbekiston islom dini dunyosida shon-sharaf keltirgan ko‘plab olimlar va dinshunoslarning vatani hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish milliy g‘oyasini asosoli ravishda ilgari surdi. Markaz o‘zining ulug‘vorligi, go‘zalligi va mazmuni bilan o‘zbek xalqi va butun islom olamining faxriga aylanadi. Shunisi ishonarliki, Italiyaning yetakchi kompaniyalari ko‘p asrlik madaniy an'analarni saqlab qolish va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishda yetakchi bo‘lgan loyihada ishtirok etishga zo‘r qiziqish bildirmoqda.”

Onlayn uchrashuv ishtirokchilari Toshkentda barpo etilayotgan ISM uchun “iDogi” mahsulotlarining badiiy uslubi, ranglari va parametrlarini birgalikda ko‘rib chiqish va kelishish uchun ma'lumot va materiallar almashishni kelishib oldilar. O‘zbekiston va Italiyada karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng respublikaga jalb qilingan tashkilotlar va italiya kompaniyasi vakillari delegatsiyalarining tashriflari almashinuvi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Dunyo” axborot agentligi.

Ma'lumot uchun, “IDogi” 1968 yilda Venetsiya (Italiya) shahrida tashkil etilgan. U badiiy qandillar, favvoralar, balustradlar, qo‘lda ishlangan Murano(Venetsiya) oynasidan stol va stullar, shuningdek, qadimiy an'analarga muvofiq, billur ishlab chiqaradi.

Suyuq oynaga solingan va yarim qimmatbaho toshlar bilan qoplangan oltin bargli mahsulot ishlab chiqarishning noyob usullaridan foydalanadi. Kompaniya AQSH, Buyuk Britaniya, Quvayt, BAA, Qatar, KSA va Rossiyani o‘z ichiga olgan dunyodagi ko‘plab taniqli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/08/2020 14:55;   Ko‘rilganligi: 822
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-tsivilizatsiyasi-markazi-sharqona-naqshli-italyan-oynasi-va-billur-buyumlari-bilan-bezatiladi
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing