“Ekstremistik g‘oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (oltinchi qism)
Ikkinchi fasl
Musulmon bo‘lmaganlarni qatl qilishda ekstremistik jamoalarning iddaolari
MUBAYYAN VA NASRIY BYOYONI: BOBUR MIRZO – E'TIQODIYYA (IYMON-E'TIQOD KITOBI) (Ikkinchi mavzu)
E'TIQODIYYA (IYMON-E'TIQOD KITOBI)
NAZM
Bismillahir-Rohmanir-Rohiym.
“Ekstremistik g‘oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (beshinchi qism)
IV. Madina hayotining keyingi davri
Biz Madina hayotini keyingi davrini din, e'tiqod ma'nosida faqat Islom dinining hukmronlik davri bo‘lgan deb tushunsak yanglishamiz. Chunki Islom dini va musulmonlar, boshqalardan farqli ravishda shahar aholisini g‘ayridinlardan tozalab aholini Islom dinga o‘tishga majburlash, qabul qilmaganlarni esa shahardan badarg‘a qilish kabi amaliyotlarni istamas edi. Hatto Rasululoh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan paytlarida ham Madinai Munavvarada yahudiylar majud bo‘lib ular ibodatlarini ham to‘liq bajarar, savdo-sotiqlarini ham yo‘lga qo‘yib, shaharda xavfsiz yashar edi. Albatta, avvalgidek shaharda ular uchun xos yashash manzillari va o‘ralgan harbiy istehkomlar bo‘lmagan. Ammo ular Madinada musulmonlarni himoyasida shu jamiyatning to‘laqonli a'zosi sifatida tinch-xotirjam yashar edilar.
“Biz barcha sheriklarimiz bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishi uning mazkur xalqaro tashkilot ishidagi ikkinchi ishtiroki hisoblanadi. Yurtboshimiz dunyo minbaridan turib mintaqa va jahon hamjamiyati uchun muhim sanalgan umumsiyosiy masala va takliflarni o‘rtaga tashladi. Biz uchun ushbu nutqning alohida ahamiyatli jihati shundan iborat bo‘ldiki, belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, mazkur xalqaro tashkilot odatda dunyo bo‘yicha oltita tildan foydalanadi. Davlatimiz rahbari tarixda ilk bor o‘z ona tili – buyuk Navoiy, Amir Temur, Bobur, Jaloliddin Manguberdining tilida so‘z aytishi, albatta, tarixiy voqeadir.
Umrning qadri haqida
Dono xalqimiz umrni oqib o‘tayotgan daryoga o‘xshatadi. Darhaqiqat, yuz yoshga kirgan kishi ham, dunyoga kelib hech qancha yashamaganligini tan oladi. Bu foniy dunyoning bitmas tuganmas ishlarini oxiriga yetkaza olmaganligidan shikoyat qiladiganlar ham topiladi.
Ulamolarning Qur'onga bo‘lgan muhabbatlari!
Qur'onsiz kishi ruhsiz tana kabidir. Musulmon kishining musulmon ekanligi uning Qur'onga bo‘lgan muhabbatida aks topadi. Ulamolar Qur'oni karimga juda muhabbatli bo‘lishgan. Alhamdulillah, bizning ham Qur'oni karimga muhabbatimiz cheksiz! Kishi Qur'oni karimga muhabbati yanada kuchayishligini hohlasa, uni tadabbur va ma'nolarini tushunib o‘qimoqligi lozim! Quyida ulamolarimizning Qur'oni karim haqida aytgan gaplariga nazar tashlasak:
Inson uchun eng katta jarohat yetkazadigan narsa — bu tildir!
Kishi o‘ylab qarasa, haqiqatdan ham Alloh taolo bandasiga ko‘proq eshitish uchun ikki quloq, kamroq gapirish uchun bitta og‘iz bergan. Kam gapirgan kishining nuqsonu-kamchiliklari bo‘lsa bekitiladi, nuqsoni bo‘lmasa salobatiga fayz qo‘shiladi.
Onalarning eng buyugi – Omina onamiz
Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi vasallam, ota-onalari kufrda vafot etgan emaslar.
Abu Hanifa rahmatullohu alayhning “Al-fiq al-akbar” asaridan.
Onalik – ayol zotiga nasib etgan muborak va sharafli vazifadir. Alloh taolo onalarning tanasini mo‘jizaviy xilqat qilib yaratdi, tuyg‘ularini rahmati va sabri bilan sarafroz etib, ularni qutlug‘ vazifaga tayyorladi. Bu shundayki, rahmida paydo bo‘lgan homila boshdanoq uni mashaqqatga yuzlantiradi: boshqorong‘ulik, qo‘shimcha yuklik.... lekin ayol shu azoblarni katta mamnuniyat bilan, shodu xurramlik bilan qarshi oladi. Nimjon bir chaqaloq bo‘lib dunyoga kelgan murg‘ak jonni shafqati ila, fidokorligi ila boqadi. Lekin evaziga hech narsa tama' qilmaydi.
Germaniyalik professor musulmonlarga innovatsion krossovkalarni taqdim qildi
Universitet o‘qituvchisi doktor Yorg Imran Shreter islom diniga e'tiqod qilib, dunyoviy ta'lim muassasalarida tahorat olishga nisbatan qiyinchilikka duch keldi. Bu muammoning yechimini u kutmaganda topishga erishdi - innovatsion musulmon krossovkasini yaratdi.
Mavritaniyada islom
Joylashuvi. Afrikaning shimoli-g‘arbida joylashgan. Jazoir, Mali, G‘arbiy Sahroi Kabir va Senegal bilan chegaradosh. G‘arbiy qirg‘oqlarini Atlantika okeani yuvib turadi. Mamlakatning ko‘p qismi g‘arbiy Sahroi Kabirning qumli va toshloq cho‘llari, Atlantika okeaniga tutash sohil pasttekislikdan iborat. Ma'muriy jihatdan mamlakat 12 viloyatga bo‘linadi.
Ikki qush yoki azon mo‘jizasi! (hayot kechinmalardan)
Bismillaxir rahmanir rohim. Allohga shukrlar bo‘lsinki, jome' masjidimizga azon aytish baxtiga muyassar bo‘lganman. Bir kuni juma namozi oldidan. Azon aytmoqchi bo‘lib, ovoz kuchaytirgichni yoqsam, u ishlamadi. Shunda tashqariga masjid ayvonida avonni aytishga taraddudlandim. Masjid hovlisiga ekilgan tut daraxtida ikkita maynaqush tinmay chug‘urlashardi.
Islomda ayollarga munosabat .
Jamiyat xech qachon yolg‘iz erkaklarni o‘zidan tashkil topmaydi bu mumkin emas, balki erkaklar va ayollardan iboratdir. Bu haqiqat hammamizga ma'lum. Bu haqiqatga Islom hazorasida nima deyilgan. Ayolni dinimizda tutgan o‘rni shunchalik balandki aqlga sig‘maydi. Tasavvur qilib ko‘ring ayol bu onadir.




















