Maqolalar

ILM-HUNAR EGALLASH FARZDIR!

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) «Har bir musulmonga ilm-hunar o‘rganish farzdir» deb marhamat qilganlar. Bu hadis hikmatini teran anglagan ota-bobolarimiz hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq kabi kasblar bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘or tebratishgan. Farzandlarini ham ilmu  hunar o‘rganib,tadbirli bo‘lishlariga alohida e'tibor berishgan.

 

Allohning hukmida hikmatlar bor!

Alloh subhanahu va taolo behuda o‘tkazib bo‘lmaydigan bir necha amallarni farz qildi, haddan oshishlik mumkin bo‘lmaydigan hududlarni chegaralab qo‘ydi va uning ichiga kirib bo‘lmaydigan bir necha narsalarni harom qildi. Zero, Nabiy s.a.v: “Alloh kitobida nimani halol qilgan bo‘lsa, bas u haloldir, nimani harom qilgan bo‘lsa, u haromdir. Nima haqida sukut saqlagan bo‘lsa, bas u ofiyatdir. Sizlar Allohdan ofiyatni qabul qilinglar, chunki Alloh hech narsani unitgan emas”, dedilar va ushbu oyatni tilovat qildilar: “ Robbing unitguvchi bo‘lmagan” .  Hokim rivoyati.

 

«Eshitgan narsasini gapiraverishi kishining gunohkor bo‘lishiga kifoya»

Inson bu dunyoda jismonan sog‘lom bo‘lib yashashi uchun suv va havoga qanchalik muhtoj bo‘lsa, ma'nan milliy qadriyatlarga, ma'rifatga shunchalik ehtiyoj sezadi. 
Bu qadriyatlarning, ma'rifatning ildizi Islom ta'limoti bilan sug‘orilgan bo‘lsa, ikki karra saodatdir! Aksincha bo‘lsa, qashshoqlikdan boshqa narsa emas.

 

YOSHLARNI YOT G‘OYALARDAN ASRAYLIK

Yoshlik har bir insonga bir marta beriladigan tengi yo‘q ne'matlardan biri bo‘lib, uning qadriga yetmoq kerak. Bu ne'matdan unumli foydalanib, o‘zining ilmiy va ma'naviy salohiyatini oshirib borgan inson o‘z zimmasidagi eng oliy vazifani uddalagan hisoblanadi.

 

Farzand tarbiyasi

Inson zoti Alloh taolo tomonidan yaratilgan maxluqotlarning ichida eng aziz va mukarrami hisoblanadi. Malumki, barcha davlatlarda  dinidan, millatidan va ijtimoiy  kelib chikishidan qatiy nazar, insonlar hayot kechirishadi.

 

Sahovatli bo‘laylik!

Ma'lumki, insonga berilgan yaxshilik, xayr-sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo sohibiga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning, mo‘min-musulmonlarning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.

 

“Ekstremistik g‘oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (birinchi qism)

G‘ayridinlar bilan hamjihat bo‘lib yashashda mo‘tadil  va mutaassibona yondashuv orasidagi  fikrlar 

 

Uzoq umr, keng rizq garovi

Uzoq umr ko‘rish, keng rizqqa ega bo‘lish – har bir inson orzusi. Kimdir bu yo‘lda kunni tunga, tunni tongga ulab mehnat qilsa, yana kimdir boshqa choralar axtaradi. Ba'zan ming uringani bilan ishi baroridan kelmayotganidan noliydigan insonlarni uchratamiz. Bunday insonlar keng rizqqa ega bo‘lish uchun har chorani ko‘rishadi-yu, biroq Nabiyyi muhtaram alayhissalomning birgina hadislarini unutib qo‘yishadi. Bu hadis...

 

HADIS IXLOSMANDLARI UCHUN YANGI LOYIHA: ONLAYN HADIS SHARHI

Hadis ixlosmandlarining iltimoslariga binoan Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent Islom institutinig hadis ilmi ustozi va ijoza sohibi – Jaloliddin domla Hamroqulovning hadis sharhi suhbatlarini yangi shakl va innovatsion uslublarda taqdim etiladi.

 

Hayo taqvosining saidasi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak vujudlari tuproqqa qo‘yilganiga besh oy bo‘lganida hazrati Fotimaning ko‘zi yoridi.[1] Muhsin deb nom qo‘yilgan bola ko‘p yashamadi. Bu tug‘ilish hazrati Fotima uchun juda qimmatga tushdi. Tug‘ruq vaqtida ko‘p qiynalgani, bolasi ham olamdan o‘tgani onaning ahvolini og‘irlashtirdi. Bir necha kun yotib dam olganiga qaramay yotog‘idan tura olmadi. Sha'bon oyi oxirlarkan, hayoti ham poyoniga yetib borayotganini his qildi. Zero, bu oiladan birinchi bo‘lib otasining yoniga o‘zi borishini bilardi.[2] Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlaridan eshitgandi. Ammo qachon, qaysi kun, qaysi soatda, qayerdaligini bilmasdi.

 

«Fatavoi Olamgiriya»ning muallifi kim?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

SavolYaqinda masjid imomining «Fatavoi Olamgiriya» kitobi hanafiy fiqhining eng mo‘tabar manbalaridan biri» deganini eshitib qoldim. Bu kitobning muallifi kim? Bir tanishim uni Hindistonning uzoq yillik hukmdori Avrangzeb Olamgir yozganini aytib qoldi. Shu gapda jon bormi? Negaki, davlat rahbarining fiqh bo‘yicha kitob yozganiga uncha ishongim kelmadi.

Mahmud O‘rinboyev

Namangan shahri

 

“TAKFIR”ga qo‘shilmaymiz va unga qarshimiz!

 Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam “La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh” deb turgan shaxsni kofirga chiqarish xatarini bir qancha hadislarida bayon qilganlar. Jumladan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Uch narsa imonning aslidandir.“La ilaha illalloh” degan kimsaga tegmaslik, uni gunohi tufayli “kofir” demaymiz, amali tufayli Islomdan chiqarmaymiz” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing