Maqolalar

QUR'ONDA JAHOLATGA MUNOSABAT

Qur'oni karim insoniyatni ikki dunyo saodatiga yetkazish uchun nozil qilingan ilohiy kitobdir. Unda haqiqiy baxtga yetish yo‘llari, barqarorlik shartlari yoritilgan. Qur'onning eng oliy maqsadlaridan biri jaholatni yo‘qotish va insoniyatni ma'rifatga da'vat etishdan iborat.

 

Munosib kelin (birinchi maqola)

Oila qurish niyatidagi erkak taraf o‘zi uchun nikohi harom va sovchilik qilib bo‘lmaydigan shaxslarni ajratib olganidan keyin eng avval munosib kelin axtarishga kirishadi. Kuyov tarafdan qizga sovchi qo‘yiladi. O‘sha paytda kuyov, uning ishboshilari va sovchilari kelinlikka nomzodning qanday taraflariga e'tibor berishlari kerak? Bu savolga javob axtarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflariga murojaat qilamiz. Zotan, U zot sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari bir qancha hadisi shariflarida munosib kelin qanday bo‘lishini bayon qilib berganlar. Mazkur hadisi shariflarda kelinlikka nomzodning quyidagi sifatlariga alohida e'tibor berish tavsiya qilingan:

 

Katta gunohlar!

Harom qilindi!.. . Yaqinlashmangiz!… . Bas undan chetlaningiz!.. ushbu ta'qiq lafzlariga e'tibor bering, qo‘yidagi maqolada ularning ma'no jihatdan qanday ahamiyat kasb etishi ifoda etiladi.

 

Qur'onning eng avval va eng oxirgi nozil bo‘lgan oyatlari

Qur'oni karim yigirma uch yil davomida parcha-parcha holatda nozil bo‘ldi. Tarixchi Ibn Sa'd rohimahullohning rivoyatiga ko‘ra Qur'on nozil bo‘lishining boshlanishi Payg‘ambar alayhissalom tug‘ilganlarining qirq birinchi yili, Ramazon oyining o‘n yettinchi dushanba kuniga to‘g‘ri keladi. Bu voqea Hiro g‘orida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Jabroil alayhissalom tushib Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni uch marta siqib qo‘yib yuborganlari, u kishiga: “O‘qing”, deb buyurganlari, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning “Men o‘qishni bilmayman”, deganlari va nihoyat uchinchi martasida:

 

Nega vaqtdan baraka ketdi?

Vaqt insonga berilgan eng bebaho ne'matlardandir. Boshqa ne'matlarni qayta topish, o‘rnini to‘ldirish mumkin, biroq o‘tgan vaqtni orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Vaqtning qadr-qiymati ham shunda.

 

Diniy atamalar (hijrat, jihod, shahidlik)ni noto‘g‘ri talqin qilish.

Islom dini o‘n to‘rt asrdan oshiq vaqtdan buyon musulmonlarning dasturul-amal dini bo‘lib kelmoqda. Lekin bu vaqt mobaynida juda ko‘p sinovlar va fitnalarni boshdan kechirdi. Xavorijlar bilan boshlangan bo‘linishlar, mo‘tazila, qadariya va jabariya kabi juda ko‘p firqalar bilan davom etdi. Ammo ularga Qur'on va Sunnatni mahkam tutgan ulamolar tomonidan raddiyalar berilib, ahli sunnat aqidasi va yo‘li saqlab qolindi. Imom Ahmad ibn Hanbal, Imom Moturidiy va Imom Ash'ariy kabi ulamolar adashganlar g‘oyalarini changdek sochib tashlashdi. Islomning qancha asl qoidalariga hujumlar bo‘lsa ham, Allohning marhamati, so‘ngra ulamolarning sa'y-harakatlari bilan to‘g‘ri yo‘l saqlab qolindi. Bu fitnalar asrlar osha ham susaymadi. Bizning asrimizga kelib fitna o‘choqlari ko‘paydi va fitnachilarning tegirmoniga suv qo‘yadigan manqurtlar to‘dasini hosil qilish uchun zamin yaratila boshlandi. Buning eng oson yo‘li Islom qoidalarini buzib ko‘rsatish va boshqalarni bunga ishontirish edi. Rivojlangan taraqqiyot zamonida internet orqali tashlangan tuzoqlar o‘z natijasini berdi va ko‘plab ilmsiz kishilar, xususan yoshlarni o‘z domiga tortishga erishdi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun g‘araz maqsadli kimsalar hijrat, jihod va shahidlik kabi tushunchalarni teskari va noto‘g‘ri talqinda tarqata boshladilar. Aslida bu atamalarning mazmun-mohiyati qanday edi?

 

Abu Mansur al-Motrudiy

Imom Abu Mansur al-Motrudiy ahli sunna val jamoa e'tiqod qiladigan ikki yirik maktab imomining biri, Hanafiy mazhabidagilarning aqida masalasida murojaat qiladigan Motrudiya madrasasining imomi. To‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Uning nomi daryoning yonidagi “Moturid” qishlog‘iga nisbat berilgan. U zotning tavallud topgan yili tarixda zikr qilinmagan, lekin aytish mumkinki allomaning tavallud topgan zamonasi Abbosiylar xalifaligi davriga to‘g‘ri keladi. Abu Mansur al-Moturidiy dastlabki ta'limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi.

 

OMONATDORLIK

Omonat xiyonatning ziddi bo‘lib, insonga yuklangan shar'iy taklif va ibodatga o‘xshash narsalardir.

 

FITNADAN SAQLANING

Fitna so‘zi arabcha so‘z bo‘lib  sinov imtixon degan manolarni anglatadi, oltin va kumushlarni madandan ayirib tozalab olishga ham, fitna deyiladi insonning fitnadan salomat bo‘lishligi uning iymoni kufr va nifokdan salomat bo‘lganligiga dalolat qiladi. Eng katta fitna insonning dinida va iymonida fitnalanishidir. Keling, fitna xaqida kelgan ayrim oyat va hadislar bilan tanishaylik.

 

Muhtoj kishilarga yordam berish ulkan savobli ish

Alloh taolo: «Bas, u dovon oshib o‘tmadi. Dovon nima ekanligini senga nima bildirdi? Qul ozod qilishdir. Yoki ocharchilik kunida taom berishdir. Qarindosh yetimga. Yoki tuproqqa qorilgan miskinga», degan (Balad surasi, 11-16-oyatlar).

 

IMOM BUXORIYNING BAG‘DOD VA SAMARQANDDA IMTIHON QILINISHI

Imom Buxoriyning zehni va yodlash qobiliyati juda kuchli bo‘lgani uchun ustozlari uni nihoyatda hurmat qilardi va oldida dars aytishdan qo‘rqib turardi. Fath ibn Nuh Nishopuriy: “Men Ibn Madaniyni oldiga kelganimda, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy uning o‘ng tarafida o‘tirganini ko‘rdim. Ibn Madaniy hadis aytganida xato qilib qo‘yishdan qo‘rqqanidan unga qarab qo‘yardi”, dedi. Muhammad ibn Salom: “Muhammad ibn Ismoil Buxoriy meni oldimga kirganida hayratlanardim va meni qo‘rquv bosardi. Ya'ni, uni oldida xato qilib qo‘yishdan qo‘rqardim”, dedi. Abu Amr Xafof: “Agar men hadis aytib turganimda, mana shu eshikdan Muhammad ibn Ismoil Buxoriy kirib qolsa meni qo‘rquv bosadi”, dedi. Imom Buxoriyning zehni va yodlash qobiliyati kuchliligini bilish uchun sodir bo‘lgan imtihon bir necha manbalarda kelgan.

 

Qur'oni karimda qissalarning ahamiyati

Qur'oni karimda o‘tgan payg‘ambarlar, o‘tmishdagihodisalar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida ro‘y bergan voqealarga taalluqli qissalar keltirilgan.Ularning din yo‘lida va'z nasihatlar olish va iymonni sayqalashda muhim o‘rni bor. Bu haqda Qur'oni karimda:

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing