O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ulamolarning Qur'onga bo‘lgan muhabbatlari!

 
 

Qur'onsiz kishi ruhsiz tana kabidir. Musulmon kishining musulmon ekanligi uning Qur'onga bo‘lgan muhabbatida aks topadi. Ulamolar Qur'oni karimga juda muhabbatli bo‘lishgan. Alhamdulillah, bizning ham Qur'oni karimga muhabbatimiz cheksiz! Kishi Qur'oni karimga muhabbati yanada kuchayishligini hohlasa, uni tadabbur va ma'nolarini tushunib o‘qimoqligi lozim! Quyida ulamolarimizning Qur'oni karim haqida aytgan gaplariga nazar tashlasak:

Yahyo ibn Jalo rohimahulloh aytadilar: Ahmad ibn Hanbal rohimahullohni shunday deyayotganlarini eshitdim:

«Dunyo – qalblari Qur'on ila to‘lgan kishilarning jigarlarini eritib yuborishligi men uchun azizroqdir».

Hasan Basriy rohimahulloh ko‘p aytdilar:

«Allohga qasamki, ey odam bolasi! Agar Qur'on o‘qib, unga haqiqatda ishonadigan bo‘lsang, dunyoda mahzunliging uzayadi, dunyoda xavfing (Allohdan qo‘rqish) qattiqlashadi va dunyoda yig‘ing ko‘payadi».

Ibn Qoyyim rohimahulloh «Madorijus solikiyn» kitoblarida aytdilar:

«Qur'onni tadabbur qilgin. Albatta, bu qalb ko‘zini Qur'on ma'nolariga chorlaydi. Fikrni tadabburga jam qiladi va uni Qur'onga bog‘laydi. Mana shu narsa uning nozil bo‘lishdan ko‘zlangan maqsaddir. Fahm va tadabbursiz tilovat qilish emas!

Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadilar: «Qalbingni uch o‘rinda izla:

 Qur'on eshitayotgan paytda;

 Zikr majlislarida;

 Xilvat paytida.

Agar bu o‘rinlarda qalbingni topa olmasang, Alloh taolodan qalbni so‘ragin! Chunki sening qalbing yo‘q!

Ahmad Iyso Ma'sroviy hafizahulloh aytadilar: “Uch toifa bor dunyo va oxiratda baxtsiz bo‘lmaslar:

 Qur'on o‘qib, unga amal qilgan kishi;

«Qur'onni senga baxtsiz bo‘lishliging uchun nozil qilmadik» (Toha surasi 2-oyat).

 Xursandchilik va g‘am-g‘ussa paytida ham duoni lozim tutgan kishi;

«Robbim Senga duo qilish bilan baxtsiz bo‘lmadim» (Maryam surasi 4-oyat).

 Ota-onasiga yaxshilik qilgan kishi;

«Meni onamga mehribon qildi va jabr-sitam qilguvchi, badbaxt qilmadi» (Maryam surasi 32-oyat)”.

Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadilar: «Albatta, bu qalblar bir idishlardir. Uni Qur'on bilan mashg‘ul qilinglar, boshqa narsa bilan emas!».

Muhammad Rotib Nabulsiy hafizahulloh aytadilar: “Asal badanlarga shifo bo‘lganidek, Qur'on nafslarga shifodir. Allohga qasamki, bir oyat o‘qib, uni chuqur ma'nolarigacha tushunsangiz, u qalbingizga xotirjamlik va salomatlik keltiradi. Agar uni shahar ahliga ulashsangiz ham, ularning barchasiga kifoya qiladi”.

Alloh taolo bizni Quroni karimga oldingilar muhammatli bolganlaridek, muhabbatli bolishlikni nasib qilsin! Kunimiz Quronsiz otmasin!

 Abdussami' Xayrulloh


Kiritilgan vaqti: 24/09/2020 14:18;   Ko‘rilganligi: 1311
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ulamolarning-quronga-bolgan-muhabbatlari
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 03:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing