Birniki mingga, mingniki tumanga…
Loqaydlik inson umriga o‘xshaydi. Farqi, u o‘z nihoyasiga yetganda, butun borliqni halok qiladi. Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, jamiyatdagi odamlarni bir xil ijobiy sifatlay olmaymiz. O‘zining qusuri bilan nafaqat hayoti, balki borliq, butun insoniyat uchun xavf tug‘diradigan kimsalar ham talaygina. Ular ichida eng yomoni loqayd odamlardir.
Amir Temur tomonidan masjid-maqbaraga sovg‘a qilingan shamdonlar
Vatanimiz tarixidagi 31 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.
1907 yil (bundan 114 yil oldin) – Turkiston general-gubernatori devonxonasi boshlig‘i Toshkent shahar hokimiga maxfiy xat yo‘lladi. Unda shahar hokimiga shaxsan imperatorning topshirig‘ini tushuntirilgan edi. Unga ko‘ra, Ahmad Yassaviy masjidi shayxlari bilan mazkur masjid-maqbaraga Amir Temur tomonidan sovg‘a qilingan, o‘sha vaqtda oltitadan beshtasi mavjud bo‘lgan bronza shamdonlarni Peterburgdagi Ermitaj muzeyiga berish to‘g‘risida muzokara olib boradigan e'tiborli va ishonchli mahalliy vakilni tavsiya etishni so‘radi.
Er-xotinning ikki ota-onasi
Shari'atning bir mas'alasi shuki, nikohdan oldin erning bir otasi va bir onasi bo‘ladi. Lekin nikohdan keyin, endi, uning ikki otasi va ikki onasi bo‘ldi. Ya'ni, uning qaynonasi ona va qaynotasi ota kabidir. Xuddi shunday to‘ydan oldin qizning bir onasi va bir otasi bor edi.
Bir hadis sharhi
Ibni Umar Roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz (s.a.v) marhamat qilib aytdilarki: “Islom beshta ustun ustiga qurildi. Birinchisi “La ilaha ilalloh, Muhammadun rasulalloh”, deb shahodat berishlik. Ikkinchisi namoz o‘qish. Uchinchisi zakot berishlik va to‘rtinchisi haj qilishlik va beshinchisi ramazon oyining ro‘zasini tutishlikdir”.
Etiborli bo‘laylik, ko‘zimizni ochaylik, aldanib qolmaylik.
O‘zlarini din himoyachisi qilib ko‘rsatadigan, ularning xatolarini fosh qilgan ahli ilmga tosh otadigan buzg‘unchilar avval ham bo‘lganmi? Ha bunday noxush holatlar avval ham bo‘lgan. Ular hatto ulamolarning ustozi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ham qarshi da'vo bilan chiqishgan.
Mazhabsizlik – ochiq zalolat
Mazhabsizlik – shariatimizga tahdid soladigan xatarli bid'at. Bu borada so‘z yuritar ekanmiz, avvalo, “mazhab” so‘zining ma'nosini aniqlashtirib olmog‘imiz zarur. “Mazhab” so‘zi arab tilidagi “zahaba” fe'lidan olingan bo‘lib, o‘zbekchada “yo‘l” degan ma'noni ifoda etadi. Istilohda esa to‘rtta fiqhiy mazhab imomlarining yo‘llaridir.
Rossiyalik shifokorlar "Mehr-saxovat" ko‘krak nishonlarini olishdi
Novosibirsk viloyatidan uch nafar shifokorga "Mehr-saxovat" ko‘krak nishonlari topshirildi, deb xabar beradi Novosibirsk viloyati hukumatining matbuot xizmati.
Sputnik ma'lumotlariga ko‘ra, taqdirlash marosimi Novosibirsk shahrida bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Yusup Qobuljanov ishtirok etdi.
KIM ULAMOLARGA TOSH OTADI?
O‘zlarini din himoyachisi qilib ko‘rsatadigan, ularning xatolarini fosh qilgan ahli ilmga tosh otadigan buzg‘unchilar avval ham bo‘lganmi? Ha bunday noxush holatlar avval ham bo‘lgan. Ular hatto ulamolarning ustozi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ham qarshi da'vo bilan chiqishgan.
Mutaassib oqimlarga qarshi kurashning ilmiy asoslari
Agar ogohsan sen…
Tarixda faoliyati qayd etilgan xorijiya, qadariya, mu'taziliya, karromiya kabi adashgan oqimlar negizida shakllangan zamonaviy buzg‘unchi firqalarning g‘oyalariga ulug‘ vatandoshimiz Abu Mansur Moturidiy asarlari asosida javob berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarni diniy mutaassiblik va aqidaparastlik g‘oyalaridan asrash
So‘ngi yillarda islom dinini o‘zlariga niqob qilib olgan bir guruh manfur kimsa va toifalar paydo bo‘ldi. Ular jamiyat o‘rtasida buzg‘unchilik, nohaq qon to‘kilish kabi salbiy holatlarni avj oldirib, musulmonlar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarish hamda nifoq solishga harakat qilmoqdalar. O‘zlarini «Islom dini va musulmonlarni himoya qiluvchi xaloskor firqa» deb e'lon qilgan holda begunoh musulmonlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqdalar. Eng yomoni, ular o‘z hatti-harakatlarini asoslash uchun har bir musulmon uchun muqaddas bo‘lgan Qur'oni karim va hadisi-shariflarni o‘zlarining maqsadlari yo‘lida tafsir va ta'vil qilib musulmonlar o‘rtasida nifoq chiqarishga urinmoqdalar.
Islomiy tushunchalar (terminlar)
Hozirgi kunda Islom dinida uchraydigan ba'zi bir so‘zlarni (terminlarni) noto‘g‘ri talqin qilish hisobiga turli tushunmovchiliklar, besabab fitnalar zuhur bo‘lib turmoqda. Musulmonlar o‘rtasida fasod ishlar ko‘paymoqda. Bu kabi qabihlikka va gunohga olib keladigan amallardan saqlanish uchun Islomiy terminlarning ba'zi birlari bilan tanishib chiqishni va bunga doir Ahli sunna val jamoae'tiqodini bilib olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Hijrat
Vatan himoyasi - muqaddas burch
Tinchlik bebaho nemat, osuda hayot baxtu-saodat. Yurt obodligi, xalq farovonligi. Hozirda erishilgan ulkan o‘zgarishlar va kelajakdagi buyuk taraqqiyotlar omili aynan mana shu tinchlik va osudalik sababidan yuzaga keladi. Shu boisdan ham mustaqillikning ilk davrlaridanoq O‘zbekiston qurolli kuchlarini shakllantirishga alohida etibor berildi. Bugungi kunga kelib esa zamonaviy, ixcham va har tomonlama yaxshi qurollangan, jismoniy va intellektual bilimga ega, yurtimiz sarhadlarini har qanday tashqi xavfdan ximoya qilishga qodir milliy armiyamiz shakllandi.




















