O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Rossiyalik shifokorlar "Mehr-saxovat" ko‘krak nishonlarini olishdi

 
 

Novosibirsk viloyatidan uch nafar shifokorga "Mehr-saxovat" ko‘krak nishonlari topshirildi, deb xabar beradi Novosibirsk viloyati hukumatining matbuot xizmati.
Sputnik ma'lumotlariga ko‘ra, taqdirlash marosimi Novosibirsk shahrida bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Yusup Qobuljanov ishtirok etdi.

"Mehr-saxovat" ko‘krak nishoni Davlat Novosibirsk viloyat klinik shifoxonasi Bosh shifokori Anatoliy Yudanov, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi akademik Ye.N.Meshalkin nomidagi Milliy tadqiqot tibbiyot markazi direktori Aleksandr Chernyavskiy va tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor, Novosibirsk Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi Valeriy Proxorenko taqdirlandi.
Ma'lumot uchun: "Mehr-saxovat" ko‘krak nishoni pandemiya, tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash va xayriya faoliyati davomida ko‘rsatilgan jasorat uchun beriladi. Ko‘krak nishoni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ta'sis etildi va uning nomidan beriladi.
Rossiyadan kelgan bir guruh shifokorlarning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan missiyasi o‘tgan yilning sentyabr oyida o‘z nihoyasiga yetdi. Ular Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida kasbiy faoliyat olib bordilar. Mingdan ziyod og‘ir bemor fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Oy davomidagi ishlar shunday tashkil etilgan ediki, delegatsiya bir necha guruhlarga bo‘linib, mamlakatning barcha hududlarini birdaniga qamrab olishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/01/2021 13:15;   Ko‘rilganligi: 938
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/rossiyalik-shifokorlar-mehr-saxovat-kokrak-nishonlarini-olishdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing