ILMSIZLIK ZALOLATDIR
Ilm-aql chirog‘i deydi xalqimiz. Xaqiqatdan xam ilmli insoning aqli charxlangan bo‘ladi, har bir ishni aql tarozisiga qo‘yib, o‘zidagi ilmi bilan o‘lchab, fahmu farosati bilan fikr yuritadi. Islom dinimizda ilm olishga targ‘ib bor. Jumladan, janob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) muborak hadislarida marhamat qiladilar: “Ilm olishlik xar bir musulmon erkak va ayolga farzdir” (Ibni Moja rivoyati). Shunday ekan ilm olish –haqiqatga intilish, haqiqatga intilish – o‘zini anglash, o‘zini anglash esa Allohni tanishdir. Allohni tanigan, Uni tan olgan kishi Qur’onga, hadisga amal qilib, o‘ziga berilgan umrni mazmunli o‘tkazadi, gunohdan, buzg‘inchiliklardan hazar qilib, xayrli ishlarga shoshiladi.
NAVOIYNING SAMARQANDLIK USTOZI
Temuriylar davrida Samarqand musulmon sharqining yirik ilmiy markazlaridan biriga aylandi. Bu yerdagi ilm dargohlarida butun Movarounnahr va Xurosondan kelgan talabalarga Sa’duddin Taftazoniy, Sayid Sharif Jurjoniy, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, Fazlulloh Abulaysiy, Ali Qushchi kabi o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan olimlari dars berishardi.
U yaxshi yomonga barobar fojiadir
Dunyoning go‘zalligi inson bilandir. Insonning go‘zalligi esa islom bilandir. Islom dini insonlarni faqat yaxshilikka da’vat etadigan, yomonlikdan qaytaradigan sof dindir. Nahl surasining 97 oyatida Alloh taolo “Erkakmi yo ayolmi-kimda kim mo‘min bo‘lgan holda biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga yoqimli hayot baxsh eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan go‘zal amallari barobaridagi mukofat bilan taqdirlaymiz” deb marhamat qilgan. Solih amallar qilib yashagan inson hayotlik davrda rohatu farog‘atda yashab, oxiratda esa ulkan mukofotlar sohibiga aylanadi. Dinimizga yod bo‘lgan amallar bilan mashg‘ul bo‘lganlar esa albatta jazosini oladi.
Mehnatning tagi rohat
Ma’lumki, inson hayoti hamma vaqt jamiyat bilan uzviy bog‘langan holda kechadi, inson undan ajralib yashashi mumkin emas. Inson o‘z hayoti uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy ta’minotini qadim-qadimdan yo‘lga qo‘yib kelgan. Shular jumlasiga tijorat, ziroat, chorvachilik, turli foydali kasb-hunar va tadbirkorlik ham kiradi. Dinimiz ta’limoti yalqovlik, boqimandalik kabi zararli illatlarni qat’iy qoralab, insonlarni halol rizq topish yo‘lida sa’y-harakat qilish va chin-ixlos bilan mehnat qilib hayot kechirishga chorlaydi. Ajdodlarimizdan qolgan pandu-nasihat va o‘gitlarda barchani halol mehnat qilish, topilgan rizq-ro‘zni ko‘pchilik bilan birga baham ko‘rish, Alloh bergan hayot va ne’matlariga doim shukr aytish kabi solih amallarga chaqirilgan. Misol uchun “Mehnatning tagi rohat”, “Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq”, “Shukri ko‘pning rizqi ko‘p” kabi ko‘plab purma’no hikmatlarni zikr etishimiz mumkin.
Musulmonning hayoti, izzat obro‘si va moli Ollohning himoyasidadir.
Dar haqiqat har bir inson baxtli hayot kechirishi uchun uning joni, sha’ni va molu davlati muhofaza etilishi lozim. Muqaddas islom dinida aynan anashu masalada yetarlicha asoslar mavjud. Keling birgalashib shu asoslarning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Farzandga chiroyli va ma’nodor ism qo‘yish..
Jamiki hamdu sanolar Olamlar Rabbi Alloh taologa xosdir. Allohning Rasuli va Habibi Rasulullohga, u kishining ahli-oilalari, sahobalari va Qiyomatga qadar sunnatlariga og‘ishmay amal qilib keluvchi mo‘minlarga salavot va salomlar bo‘lsin!
YOSHLAR TARBIYASIGA BARCHAMIZ MAS’ULMIZ
Bugungi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning shiddat bilan rivojlanishi, kommuniksiya va axborot texnologiyalarining taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga hamda shu sohadagi uslub va vositalarning takomillashuviga sabab bo‘lmoqda. Boshqacharoq qilib aytganda kurash vositasi sifatida mafkuradan foydalanish keng tus olmoqda.
NAMOZDA XUSHU’ VA XUZU’ MASALALARI
Alloh taolo o‘zining bandalariga namoz, ro‘za, zakot, haj va boshqa bir necha farz amallarni buyurgan. Ushbu buyurilgan amallarni ixlos bilan chiroyli bajarish orqali inson Haqqa ya’ni Alloh taologa yaqinlashib boradi. Namoz bu dinning eng ulug‘ arkonlari ya’ni ustunlaridan biridir. Buni Alloh taolo Qur’oni karimda juda ko‘p o‘rinlarda ta’kidlagan. Mana shu ibodat Allohning huzurida qabul bo‘lishi uchun u chin dildan, ixlos, xushu’ va xuzu’ bilan ado etilishi kerak.
O‘ZBEKISTON - USTOZLAR YURTI
Dunyoda yashayotgan har bir inson avvalo o‘z vatani haqida, iqlimi, tabiati, boyligi, ishlab chiqarishi, ixtirolari, bobolaridan qolgan meroslari haqida kuyunib, suyunib gapiradi.
Ijodkorlar e’zozda
Yurtimiz mustaqillikka erishgan kundanoq, ma’naviy-ma’rifiy jihatga alohida ehtimom bilan yondashildi. Milliy va diniy qadriyatlar tiklanib, ma’naviy boyliklarimiz yuksak darajalarga ko‘tarildi. Ayniqsa, olimlar, yozuvchilar, shoirlarning qadri ulug‘lanib, ular yaratgan asarlar, ijod namunalari munosib qadr topdi.
OGOH BO‘LING ODAMLAR, OGOH BO‘LING!
Bugungi kunda diniy ekstremistlar tomonidan amalga oshirilayotgan xunrezliklar butun dunyo ahlini tashvish va xavotirga solmoqda. Ular ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi madaniy meros abektlari, qadimiy yodgorliklar, masjid va madrasalarini portlatib yuborayaptilar. Qora kuchlar shu yo‘l orqali diniy, ma’naviy qadriyatlarni ildiziga bolta urishga urinmoqda. Shu o‘rinda bir mulohaza, muqaddas islom dinida qabrlar, masjid va madrasalarni toptash va oyoq osti qilish qattiq qoralanadi. Suriyadagi bir qator Yuneskoning butunjahon madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar, masjidlarni kulini ko‘kka sovirayotgan bu kimsalarning qora qilmishlari manqurtlikdan boshqa narsa emas. Bunday xunrezliklar, qotilliklar odamlarni xo‘rlash, yosh bolalar va ayollarni o‘ldirish holatlari jahon hamjamiyatining noroziligiga sabab bo‘ldi. Bugungi kunda “islom davlati” terrorchilariga qarshi keskin kurash olib borilayapti. Rossiya federatsiyasi va xalqaro kaaletsiya tomonidan jangarilar egallab olgan punktlar qurol yarog‘ va yoqilg‘i omborlari terrorchilar lagerlari, samolyotlar va raketa zarbalari orqali bombardimon qilinmoqda. Mazkur jarayonda zamonaviy qurol aslahalardan foylanilayotganligi bois “islom davlati” ba’zalariga aniq zarbalar berilayapti.