Idorada ishlagan ibratli insonlar: SALOHIDDIN MUHIDDINOV
1936 yili Farg‘ona viloyatining Islom qishlog‘ida tug‘ilgan. 1962 yili Buxorodagi “Mira Arab” madrasasini, 1974 yili Toshkent Islom oliy ma'hadini bitirdi. 1974-1978 yillari Liviya universitetining shariat va qonun fakultetida tahsil oldi. Birmuncha vaqt “Sovet sharqi musulmonlari” jurnali bosh muharririning birinchi yordamchisi va madrasa mudarrisi bo‘lib ishladi. 1978 yildan umrining oxirigacha Toshkent Islom institutida fiqh, Islom tarixi, mazhablar tarixi, tafsir va hadis fanlaridan dars berdi, masjidlarda imom-xatiblik qildi. 1990-1994 yillari Movarounnahr musulmonlari idorasida masjidlar va fatvo bo‘limining boshlig‘i, 1990 yildan 2000 yilgacha Xalqaro Islom tadqiqot markazi bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. “Oila va shar'iy nikoh odoblari”, “Islomda o‘lim va janoza masalalari” kabi kitoblari chop etilgan.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 27-bet.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 01/11/2019 16:08; Ko‘rilganligi: 1133
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 14:32