O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Фиқҳ

Hanafiylik mazhabining o‘ziga xos xususiyatlaridan

 
 
  • Hanafiy mazhabida ko‘zi ojiz kishiga juma namozi va haj ibodati farz emas.Agar farz deyilganda, ularga mashaqqat tug‘dirilgan bo‘lardi;
  • Hanafiy mazhabida bir kecha-kunduzdan ko‘p vaqt behush yotgan odamning qoldirgan namozlari soqit bo‘ladi. Agar soqit bo‘lmasdan qazo qilishi farz deyilganda, bir necha kun behush yotgan bemorlarga mashaqqat bo‘lar edi;
  • Hanafiy mazhabida ayollarning guvohligi ham inobatga olinadi. Masalan, bir erkak va ikki ayolning guvohligida nikoh aqdi tuzulsa bo‘ladi;
  • Hanafiy mazhabida biror jihozni yasashga buyurtma berish uchun avvaldan haq to‘lash joiz bo‘ladi. Agar joiz bo‘lmaganda ko‘plab hunarmand va buyurtmachilrga mashaqqat bo‘lar edi.
  • Hanafiy mazhabida ikki ayolning o‘rtasidan o‘tsa, tahorat buzulmaydi. Bu esa haj va umra ziyorati kabi bugungidek odam gavjum bo‘ladigan o‘rinlarda ziyoratchilarga  yengillik tug‘diradi. 

Zayniddin ESHONQULOV – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 01/11/2019 15:49;   Ko‘rilganligi: 1339
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/fiqh/hanafiylik-mazhabining-oziga-xos-xususiyatlaridan
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing