Idorada ishlagan ibratli insonlar: ASRORQUL MAVLONQULOV
1938 yili Qo‘qonda Muhammadqul eshon oilasida tug‘ilgan, o‘rta maktabda o‘qish asnosida otasidan boshlang‘ich diniy ta'lim olgan. Bir muddat Toshkentdagi “Baroqxon”, keyin Buxoroning “Mir Arab” madrasasida tahsil ko‘rdiyu Uchinchi bosqichda o‘qiyotganida diniy idora tavsiyasi bilan Marokashning Fos shahridagi Karaviyyin xalqaro dorulfununi shariat fakultetiga o‘qishga yuborildi. Yigirma olti yoshida “Mir Arab” madrasasiga mudir (direktor) bo‘ldi. Bu orada Qo‘qon pedagogika instituti tarix fakulteti sirtqi bo‘limida o‘qidi. Ikki yil o‘tgach, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasiga mas'ul kotib etib tayinlandi. 1972 yili Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma'hadini tashkil etish tashabbuschilaridan, so‘ng ilk rektori bo‘ldi. Arab, rus, ingliz, farang tillarini mukammal bilardi. 1977 yili 39 yoshida vafot etgan.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 26-27-betlar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 31/10/2019 15:53; Ko‘rilganligi: 1272
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 01:20