O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

«To‘rt narsadan g‘aflatda qolmang!»

 
 

Shayx Muhammad Mutavalliy Sha'roviy rohimahulloh aytadi:

«To‘rt narsadan g‘aflatda qolgan to‘rt kishiga hayronman.

Birinchisi, g‘am-g‘ussaga botgan odam. U qanday qilib Yunus alayhissalomning Qur'onda kelgan, «Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, inniy kuntu minaz-zolimiyn» (Sendan o‘zga iloh yo‘q, Seni poklab yod etaman! Men o‘zimga zulm qilib qo‘ydim) degan duosidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Biz uning duosini ijobat qildik va g‘am-g‘ussadan najot berdik» demoqda-ku! (Anbiyo surasi, 87-88-oyatlar).

Ikkinchisi, katta zarar yetgan odam. U qanday qilib Ayyub alayhissalomning Qur'onda kelgan, «Inniy massaniyad-durru va anta arhamur-rohimiyn» (Menga og‘ir zarar yetdi. Ammo Sen rahm qiluvchilarning eng rahmlisisan) degan duosidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Biz uning duosini ijobat qildik va unga yetgan zararni ketkazdik» demoqda-ku! (Anbiyo surasi, 83-84-oyatlar).

Uchinchisi, dahshatga tushgan odam. U qanday qilib Nabiy sollallohu alayhi vasallam boshliq musulmonlarning «Hasbunalloh va ni'mal-vakil!» (Bizga Allohning O‘zi kifoya, U Zot qanday yaxshi vakil!) degan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Ular Allohning ne'mati va fazli ila qaytdilar, ularga aslo zarar yetmadi» demoqda-ku! (Oli Imron surasi, 173-174-oyatlar).

To‘rtinchisi, odamlarning makriga aldangan kishi. U qanday qilib Muso alayhissalomning Qur'ondagi «Va ufavvidu amriy ilalloh. Innalloha basiyrun bil'ibaad» (Ishimni Allohga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarni ko‘rib turuvchidir) degan so‘zidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Alloh uni ularning yomon makridan saqladi» demoqda-ku? (G‘ofir surasi, 44-45-oyatlar)».

Manba: Azon.uz


Kiritilgan vaqti: 01/11/2019 16:21;   Ko‘rilganligi: 2054
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/tort-narsadan-gaflatda-qolmang
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 03:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing