SIZNI KO‘RGIM KELDI Yo RASULALLOH
Makka-yu Madina ko‘chalarida,
Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.
Rabi'ul avvalning kechalarida,
Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.
Sog‘indim, sog‘indim diydoringizni,
Ziyoratlar qildim mozoringizni.
Afsus ko‘rolmadim ruxsoringizni,-
Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.
Bir ahli sunnatman-sizga ummatman,
Savoblari yo‘g‘u, gunoh-la bandman.
Shuncha yomonliklar qilib, harchandman,-
Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh.
Tushlarimda ko‘pmas bir bor ko‘rsaydim,
Nurli yuzingizga boqib to‘ysaydim.
Armonim qolmasdi keyin o‘lsaydim,-
Sizni ko‘rgim keldi yo Rasulalloh,
Isrofil qori ISMOILOV - Urgut tuman “Chubin” jome masjidi muazzini
Kiritilgan vaqti: 02/11/2019 16:26; Ko‘rilganligi: 1836
Chop etilgan vaqti: 13/01/2025 17:30