Yangi ish boshlashda bajariladigan 4 amal
- Ushbu oyatni o‘qish:
قَالَ رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي يَفْقَهُوا قَوْلِي
“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul 'uqdatan min lisani yafqohuu qovliy”
“Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) echib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar” (Toho surasi, 25-28 – oyatlar).
- Ushbu duoni o‘qish:
“Robbi yassir va la tu'assir. Robbi tammim bil xoyri”
“Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin”.
- Har bir ishni Alloh uchun xolis bajarish.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “(Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi” (Oli Imron surasi, 195-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, sizlardan biringiz biror ish qilsa, Alloh uni puxta qilishini sevadi”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
- Yolg‘ondan uzoq bo‘lish.
“Mol (va boylik)laringizni o‘rtalaringizda botil (yo‘llar) bilan yemangiz!” (Baqara surasi, 188-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim aldamchilik qilsa, bizdan emas”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Davron NURMUHAMAD
Manba: Muslim.uz
Kiritilgan vaqti: 01/11/2019 16:13; Ko‘rilganligi: 1479
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 14:06