Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim
Azon aytsa Muazzinlar uxlamasdan,
Bizni o‘ylab o‘zlarini o‘ylamasdan.
Men bo‘lsachi, yotaverdim uyalmasdan,
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
Mahallada osh bor desa sahar turdim,
Nafsim uchun har tarafga qarab yurdim.
Birodarlar nafsimni hech tiyolmadim,
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
Ishladim, deb charchaganim ro‘kach qilib,
Aslidachi iymonimni ko‘z-ko‘z qilib,
Bu dunyoga o‘zim hech ham to‘yolmadim.
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
Birodarlar oxiratdan xabar topib,
U dunyoga tayyorgarlik qildingizmi.
Meni ko‘ring hammasini bilib turib,
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
Do‘st bo‘lsangiz xaqqimga siz duo qiling,
Jannatlarni menga ham siz ravo ko‘ring.
Ko‘rinmading masjidda, deb so‘rab qo‘ying,
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
TO‘RT vaqtlik namozni men barpo qilib,
Ertalabki barakotni rasvo qilib,
Namozni hech uyqudan ustun qo‘yolmadim,
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
Nasihatlar qiling menga ko‘zing och deb,
Gunohdan qoch, jannat eshiklarin och deb.
Alloh uchun bergin endi boring soch, deb,
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
Qush uyasida ko‘rganini qilar ekan,
Nima qilsam bolam shuni qilar ekan.
Ota bo‘lib hech ham o‘rnak bo‘lolmadim,
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
Nasihatlar kor qilmasa qiyin ekan,
Odamda sal or bo‘lmasa qiyin ekan.
Shuncha narsa yozsam yana betim chidab,
Eh, bugun yana bomdodga men turolmadim.
Jahongirxon Bahodirxon o‘g‘li - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati xodimi
Kiritilgan vaqti: 02/11/2019 15:11; Ko‘rilganligi: 1588
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 02:45