O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islom niqobi ostidagi “Salafiylik”

 
 

Harakat nomi. “Salafiylik” tushunchasi arab tilidagi “salaf” so‘zidan olingan bo‘lib, “avval yashab o‘tganlar”, “ajdodlar”  manolarini anglatadi. Hadislarga ko‘ra, Payg‘ambarimiz Muhammad aylayhis-salom zamonalari va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk musulmonlarni “salafi solih”, ya'ni “solih ajdodlar” deb hisoblashda yakdildir. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki salafiylar tushunchalari aslo ishlatilmaydi.

Biroq so‘ngi vaqtlarda “salaf solihlarga ergashish” shiori ostida “salafiylik” mafkurasini bayroq qilib olgan, o‘zlarini go‘yoki “salaflarning izdoshlarimiz” deb hisoblaydigan mutaassib, soxta salafiylar paydo bo‘lganini alohida qayd etish lozim.

Hozirgi kunda “salafiylar” bir necha guruhlarga bo‘linib ketgan. Ularning umumlashtirib ikki guruhga ajratish mumkin.

Birinchisi, davlat boshqaruvida shariatning ustuvorligiga erishishda jangu-jadallar bilan harakat qiladigan radikal salafiylar. Bu toifadagi soxta salafiylar “jihod” g‘oyasining mazmunini buzib talqin qilib, unga jangarilik tusini bermoqda. Ular nafaqat boshqa din vakillari, balki musulmonlarga qarshi zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik hamda bosqinchilik xatti-xarakatlarini asoslash va oqlash uchun “jihod” tushunchasidan foydalanmoqda.

Ikkinchisi, o‘zlarini go‘yoki davlatdagi mavjud qonun-qoidalarga bo‘ysunadigan va ularga qarshi chiqmaydigan qilib ko‘rsatadigan, jangarilik faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan “mo‘tadil” salafiylar. Ular o‘z mutaassib fikrlaridan qaytmagan holda, boshqa qarashlarga nisbatan hurmat bilan qaraydiganlarga mansub bo‘lib, muayyan mazhabga mansub bo‘lishn yoqlamaydilar.

Davomi bor

  Zayniddin ESHONQULOV – O‘MI Samarqand viloyati vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 26/11/2019 11:43;   Ko‘rilganligi: 1316
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-niqobi-ostidagi-salafiylik
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 01:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing