O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?

 
 

Muborak safarga borib kelganlar,

Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?

Zam-zam bulog‘idan qonib kelganlar,

Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?

Yer yuzida qancha mo‘min musulmon,

Saflanar muqaddas qiblasi tomon,

Alloh nasib etsa bo‘lsak sog‘-omon,

Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?

Makka-yu Madina ziyoratgohdur,

Gunohni kechiruvchi yolg‘iz Allohdur,

Shafoatgohimiz Rasulullohdur.

Ta'magirlik qilmay bir xoru xasdan,

Umrning gulzori xazon bo‘lmasdan,

Ko‘zlar kosasiga tuproq to‘lmasdan,

Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?

Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?

Isrofil ISMOIL – Urgut tuman “Cho‘bin” jome masjidi


Kiritilgan vaqti: 29/11/2019 11:14;   Ko‘rilganligi: 2284
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/culture/biz-ham-borarmizmi-kabatullohga
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 16:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing