Zakot nima?
“Zakot” so‘zi lug‘atda “poklik” va “o‘sish” degan ma'nolarni anglatadi. Zakot bergan kishining moli poklanadi. Zakot bermagan kishining moli esa ichida zakotga haqdorlarning moli ham aralashgani uchun nopok bo‘lib turadi. Qachon zakotini bersa, poklanadi, bo‘lmasa yo‘q. Zakoti berilgan molga baraka kiradi, ko‘payib, o‘sadi.
Ramazon oyiga tayyormisiz?
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ro‘za, arab tilida «siyom» deb atalib, lug‘atda bir narsadan o‘zini tiymoqlikni bildiradi.
BEFARQ BO‘LMANG!
Alloh taoloning biz bandalariga in'om etgan ne'matlari cheksiz. Bular uchun qancha shukr keltirsak ham haqqini ado eta olmaymiz. Alloh taolo Qur'oni karimda insonlarni bu ne'matlarning qadriga yetmay, unga shukr qilmaydiganlar haqida ham bayon qilgan.
DEXQONCHILIK - RIZQ MANBAI
Samarqand – Buxoro shaharlarini bog‘lovchi trassadan Kattaqo‘rg‘on tumani markaziga qarab burilib, roppa-rosa to‘qqiz kilometr yursangiz Kadan qo‘rg‘oniga yetib borasiz. Chorrahadan chapga qayrilasiz, qarabsizki, biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan manzilga kelib turibsiz. Bu – Mundiyon qishlog‘i. Kundan – kunga go‘zallashib, farovonlashib borayotgan kattagina qishloq.
KO‘CHAT EKISH FAZILATI
Ushbu maqolamizda dehqonchilik, xususan ko‘chat ekish fazilati va uning insonga keltiradigan foydalari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Anas ibn Molik roziyaallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Agar bir muslim banda ko‘chat o‘tkazsa yoki ekin eksa, undan qushmi, insonmi yoki hayvonmi yesa, buning uchun unga sadaqa (qilganlik savobi) bo‘ladi”
(Muslim rivoyati).
ITOATKORLIK MUMIN XISLATI
Eng ulug‘ va barokotli oylardan hisoblanmish Ramazon oyining kirib kelishiga ham oz kunlar qoldi. Uni hammamiz orziqib kutayotganimiz rost. Chunki, bu oyda qiladigan solih amallarimiz, namoz, tutadigan ro‘za, zakotu xayr-ehsonlarimizning ajri behisob ekanligini yaxshi bilamiz.
BUGUNGI KUN TALABI
Hech narsa behikmat bo‘lmaydi. Bugungi sinovli kunlar ham. Mo‘min-musulmon kishi har qanday holatda tafakkur ila Allohga tavakkal qiladi, xayrli ishlarga intilaveradi. Shu bois bugun ommaviy tarzda tarqalayotgan koronavirusdan o‘zimiz va o‘zgalarning sog‘ligini saqlash uchun eng maqbul yo‘l karantinni lozim tutishimiz darkor. Umr qisqa, deymiz. Karantin davri esa undan ming chandon qisqa. Ana shu vaqtni oilamiz baxtu osoyishtaligi, farzandlarimiz ta'lim-tarbiyasiga sarflashimiz ayni muddao.
Janoza namozi haqida
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Janoza namozi durust bo‘lishi uchun jamoat shart qilinmagan. Bir kishi (xoh u erkak bo‘lsin, xoh ayol bo‘lsin) janoza namozini o‘qisa, namoz durust bo‘ladi va boshqalardan farz soqit bo‘ladi. Hatto janoza o‘quvchi balog‘atga yetmagan bola bo‘lsa ham namoz durust bo‘ladi.
Mayyitga jamoat bo‘lib janoza o‘qish afzal. Chunki janoza mayyitning haqqiga duodir. Musulmonlarning jamoat bo‘lib duo qilishlari duoning qabul bo‘lishiga katta sabab bo‘ladi (“Al-Muxtasar fil-fiqhil-hanafiy” kitobi).
Insof - insonni sabr qanoatga chorlovchi omildir
Muqaddas islom dinimizning ta'limotlari jamiyatda insonlar bir-biri bilan o‘zaro munosabatlarda hamisha adolatli, insofli, halol bo‘lishiga buyuradi. Bu haqda Alloh taolo O‘zining ulug‘ kalomida shunday marhamat qiladi:
KIMKI YERGA MEHR BERSA, BUNING SAVOBI KATTADIR
Bismillahir rohmanir rohim.
Bugun Koronavirus kasalligining shiddat bilan Yer yuziga tarqalayotgani butun insoniyatni jiddiy tashvishga solmoqda. Har bir davlat ushbu ofat ta'sirini yumshatish, keng tarqalishining oldini olishga jiddiy harakat qilmoqda.
Har bir ibtidoning intihosi bo‘lganidek, bunday sinovli kunlar ham tez fursatda Alloh taoloning irodasi ila tarixga aylanishiga ishonamiz. Bugun har birimiz davlatimiz tomonidan o‘rnatilgan talablarga rioya etsak, muhtaram Yurtboshimizning ko‘rsatayotgan jonkuyarligini qalban his etib, itoat qilsak, mashaqqatlarni, albatta, yengib o‘tamiz, insho Alloh.
Allohim bandam degin
Azal azaldan xalqimiz orasida bir so‘z bor. Bu so‘z asrlar osha ota-bobolarimizdan xalqimizga meros bo‘lib kelmoqda. Bu so‘z shunday so‘zki, insonni nafaqat xalq orasida, balki yaratgan Robbimiz huzurida ham yuksak maqom, martabaga ega bo‘lishidan dalolatdir. Bu “Allohim bandam desin” yoki “Yaratgan Roobim bandam degin” degan so‘zdir. Haqiqatdan ham bu so‘zni juda ko‘p eshitgnamiz. Keksa otaxonu-onaxonlarimiz bilan birga o‘tirsak, ular so‘zlarida yoki duolarida albatta “Xudoyim o‘zing bandam degin” degan gapni albatta qo‘shadilar. Yurtimizning qaysi bir go‘shasida bo‘lmasin biror bir ta'ziya bo‘lgan xonadonga kirib ta'ziya bildirsangiz ular xonadon egalari albatta “O‘zi bandam desin” deb javob beradilar.
Z A X I R A
Alloh taolo bandalariga mislsiz ne'matlarni inom etdi. Faqatgina bir talab, ana shu ne'matlarga shukr qilishni va haqdorlarga haqqini ado etish uchun ehson qilishni talab etdi.




















