O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

BUGUNGI KUN TALABI

 
 

Hech narsa behikmat bo‘lmaydi. Bugungi sinovli kunlar ham. Mo‘min-musulmon kishi har qanday holatda tafakkur ila Allohga tavakkal qiladi, xayrli ishlarga intilaveradi. Shu bois bugun ommaviy tarzda tarqalayotgan koronavirusdan o‘zimiz va o‘zgalarning sog‘ligini saqlash uchun eng maqbul yo‘l karantinni lozim tutishimiz darkor. Umr qisqa, deymiz. Karantin davri esa undan ming chandon qisqa. Ana shu vaqtni oilamiz baxtu osoyishtaligi, farzandlarimiz ta'lim-tarbiyasiga sarflashimiz ayni muddao.

Bugungi kunimizga nazar soladigan bo‘lsak, butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham karantin elon qilingan, shunga qaramay kucha kuyda fuqarolarimiz tomonida karantin qoidalarini buzish xolatlarga guvox bo‘lmoqdamiz, afsuslar bo‘lsinki xolatni inson o‘zi bilgan xolda o‘z joniga qasd qilish bilan taqoslash mumkin chunki tashqarida nima sodir bo‘layotganini barchamizga ayon bo‘lsa ham lekin barchamiz ko‘chadamiz.

Alloh taolo marxamat qilib “O‘zlaringizni o‘z qo‘laringiz bilan  halokatga otmanglar” (Baqara surasi 195-oyati)

Alloh taolo bu oyatida bandalarini haf xatarni bilib turib o‘zini, unga o‘zini duchor qilishdan qaytarmoqda, shunday ekan karatin vaqtida kimdir ko‘chaga chiqib kasallik yuqtirib nafaqat o‘z jonini qolaversa uyidagilar jonini ham xatarga qo‘ygan bo‘ladi.

Shunisi ham aniqki, inson hayoti doim bir xil ne'matlar ichida kechmaydi gohida yengil, gohida og‘ir, ba'zida xursandchilik, ba'zida musibat. Qur'oni karimda bu haqda shunday deyiladi:

“Haqiqatan, insonni (din va dunyo ishlarida mehnat va) mashaqqatda (bo‘lish uchun) yaratdik” (Balad surasi, 4-oyat).

Alisher Navoiy o‘z hikmatlarida: “Sakson yil yashash uchun sakson yillik sabr kerak”,–deganlar. Demak, inson balo va musibatlarga qarshi sabrni qalqon qilib olishi kerak. Chunki dinimizning ta'limoti bo‘yicha dunyoda yuz beradigan barcha ishlar Alloh taoloning xohish irodasi bilan bo‘ladi. Mo‘min-musulmon kishi hayot qiyinchiliklarini dunyoning sinovi ekani, har bir musibat, hatto tikanning kirishi ham ajrsiz qolmasligini biladi. U qiyinchiliklarga sabr-bardoshli bo‘ladi va savob umid qiladi. Musibat yetganda biz Allohning bandasi va unga qaytib borishimizni eslashimiz darkor. Ko‘chaga chiqishimiz uchun uyda qolishimiz kerak. Agar chiqaversak, uyda qolib ketamiz. Bun teran anglab yetmog‘imiz lozim.

Ibragimov Husniddin Urgut tuman Yoqub Oxun” jome masjidi imom-xatibi 


Kiritilgan vaqti: 18/04/2020 09:18;   Ko‘rilganligi: 758
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/bugungi-kun-talabi
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 19:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing