JAHON UZRA E'TIROF ETILYOYOTGAN DINIY-MA'RIFIY ISLOHOTLAR
Xalqaro anjuman
So‘nggi yillarda mamlakatimiz ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik va yangilanishlar, ta'lim va ma'rifatga e'tibor, shubhasiz, yurtimizning tashqi siyosatiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Xorijiy tahlilchilarning fikricha, bugun O‘zbekiston o‘zining misli ko‘rilmagan ochiqligi va jadal taraqqiyoti bilan dunyoda ajralib turgan mamlakat sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xorijdagi ishonchli diniy ta'lim muassasalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha
Maslahat kengashi tavsiya etadigan xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxati
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E'TIBORDA
Bugun, "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan masjid imom-xatiblari tomonidan turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.
KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
Bugun, ertalabdan Kattaqo‘rg‘on tumanida sayyor yig‘ilish boshlangani haqida xabar qilgan edik.
2024 yilning navbatddagi sayyor yig‘ilishi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2024 yil 23 yanvar kuni navbatdagi sayyor yig‘ilishi Samarqand shahrida tashkil qilindi. Shahardagi mavjud 23 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar va ularga hamroh sifatida Haj-2023 tadbirlarida muborak ziyoratga borib kelgan bir qancha hojilar shahardagi 23 ta masjid hamda ularning hududlaridagi mahallalarga tarqalib, joylarda aholining IHM, janjalli, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar.
Hadis ilmi maktabida ustozlar va ijodiy xodimlar tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etilgan kitoblarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Hadis ilmi maktabida ustozlar va ijodiy xodimlar tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etilgan kitoblarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev, masjidlardan kelgan imom-domlalar va maktabning ustozlar va talabalar jamoasi ishtirok etdi. Tadbir avvalida maktab rektori Olimxon Isaxon o‘g‘li Yusupov so‘z olib, o‘tgan yil mobaynida maktabning ilmiy-ijodiy xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar haqida ma'lumot berdi.
Diniy ma'rifiy suhbatlar
Samarqand viloyati imom-xatiblari insonga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularga yaqin bo‘lish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etishda ko‘makdosh bo‘lish maqsadida diniy ma'rifiy suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda.
Camarqand shahar hokimi F.Umarov Samarqand shahrida foliyat yuritayotgan imom-xatiblar bilan uchrashdi.
Bugun Camarqand shahar hokimi F.Umarov Samarqand shahrida foliyat yuritayotgan imom-xatiblar bilan Amir Temur maqbarasida uchrashdi.
Tadbir avvalida Qur'on tilovat qilinib, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lishini so‘rab, xayrli duolar qilindi va jonliq so‘yib qurbonlik qilindi.
2024 yilning ilk sayyor yig‘ilishi Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyatida shahar va tuman bosh imom xatiblarining sayyor yig‘ilishi joylarda tashkil etilmoqda. 2024 yil ilk sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tumanida tashkil etildi. Bugun tuman markaziga viloyatdagi jami 16 nafar bosh imom xatiblar va 8 nafar iqtidorli imomlar hamda tumandagi 24 ta masjidlarning imom xatiblari va 2023 yilda Xaj ziyoratiga borib kelgan 12 nafar hojilar jam bo‘lishdi.
MUROJAATLAR TINGLANDI
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakliligiga turli masalalar yuzasidan murojaat qilib kelgan fuqarolarni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va bosh imom o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurovlar iliq kutib olishdi.
Ma'rifat ulashish – eng ezgu amal
«Agar ogohsan sen – shohsan sen.
Agar shohsan sen – ogohsan sen!»
QADRLI va TABARRUK HOJIBOBO va HOJIONALAR!
MUHTARAM HOJIAKALAR!
AZIZ va QIMMATLI MEHRIBEPOYON OTALAR!
HURMATLI va MUNIS MEHRIDARYO ONALAR!
Bugungi yurtimizni tinchligida SIZLARNING ham xizmatlaringiz BEQIYOS KATTA!
SIZLARNING o‘z oilangiz tarbiyasidagi mashaqqatli va sharafli, og‘ir va savobli, sermahsul va olijanob faoliyatlaringiz har qanday tahsinu mukofotlarga loyiq va munosib!!!
Yil imom aniqlandi!
Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan masjid imom-domlalari o‘rtasida “Yil imomi – 2023” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘li o‘tdi.
Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-domlalar bellashdilar.
Viloyat hokimi Samarqand shahridagi Imom Moturidiy majmuasi va Chokardiza qabristonini ziyorat qildi.
Viloyat hokimi Samarqand shahridagi Imom Moturidiy majmuasi va Chokardiza qabristonini ziyorat qildi.
Unda professorlar Mamayunus Pardayev, Dilorom Salohiy, matnshunos Komilxon Kattayev, viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Yeshonqulov, muzey va kadastr xizmati xodimlari ishtirok yetdilar.
Alloh atolo barchalarimizga shunday ulkan ajrga ega bo‘ladigan ibodatlarni ato etsin!
Abu Dardo r.a.dan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh s.a.v.: “Masjidul Haromdagi bir rakat namoz yuz ming namzodir, mening bu masjidimda o‘qilgan bir rakat namoz mingta namozdir va Baytul Maqdisda o‘qilgan bir rakat namoz besh yuz namozdir”, – dedilar.
Imom-xatiblar peshvolik maqomiga munosib bo‘lishlari kerak!
Shu yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.




















