QADR KECHASIDAGI ONLAYN QUR'ON XATMONASIGA MARHABO!
Ramazon oyining bezagi bo‘lmish Qur'oni karimni xatm qilish o‘lkamizda go‘zal an'anaga aylangan. Allohning kalomi qalblarga shifo, dillariga surur, ruhlariga quvvat bag‘ishlaydi. Yurtimizda shahri Ramazonning har oqshomida Ilohiy kalom sadolari yangramoqda.
MUROJAAT!
Hurmatli mo‘min-musulmonlar! Insha Alloh bugun Ramazon oyining “Laylatul qadr” kechasi. Barchamiz bu kechani o‘z xonadonlarimizda oila a'zolarimiz bilan o‘tkazamiz.
Ma'lumki, ushbu sinovli kunlarning talablariga hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari kengashining qarorlariga rioya etishimiz zarur. Zero, itoatkorligimiz uzimizning va yaqinlarimizning hayotlarini asrab qolishimizga asos bo‘ladi.
Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari
Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag‘firat va'da qilindi. Dastlabkisida “Kim Ramazon ro‘zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim Ramazon oyida imon va ajr umidida qoim (tunda bedor) bo‘lsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deyilgan va oxirgisida “Kim qadr kechasida qoim bo‘lsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deb aytilgan. Agar uchinchi jumlaga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, faqat bir kechani ibodatda o‘tkazishlik uchun shunchalik ko‘p savob va'da qilinyapti. Qur'oni karimda esa uni ming oydan afzalligi aytilgan. (Qadr surasi). Bu qadar fazilatga ega kechaning qaysi ekanligini bilish hammamiz uchun ham ahamiyatlidir.
Narpay tuman imom xatiblarining xayriyasi
Bu yil xalqimiz boshidan og‘ir sinovlarni o‘tkazmoqda. Xususan, “Sardoba” suv omboridagi toshqin katta talafot yetkazdi. Saxovatpesha xalqimiz talafot joyiga oshiqib, aziyat chekkan aholiga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bundan yurtimizdagi barcha korxona va tashkilotlar singari biz imom xatiblar ham chetda qolayotganimiz yo‘q.
RAMAZON OYINING XURMATINI KETKAZIB QO‘YMANGLAR.
Bu sanoqli oz kunlardir. Muborak Ramazon oyi qaytib kelmoqda. U qadrli, sahovatli va muqaddas bo‘lib arab va Islom olamimiz o‘lkalariga qaytmoqda. Hammalaringizga ma'lum Ramazon oyining ro‘zasi Islom arkonlarining eng ulug‘laridan biridir. Lekin ushbu arkonni bajara olmay o‘tkazib yuborgan, shahvati o‘ziga g‘olib kelib ro‘za tutishdan yuz o‘girgan kishi bu oyning hurmatini taqdirlashni qo‘ldan boy bermasligi lozim. U ushbu nishonning ehtiromini yo‘qotmasligi kerak. Uning Islom arkonlaridan biri bo‘lgan Ramazon oyi ro‘zasiga e'tibor bermay qo‘yishidan qat'iy nazar Ramazon oyining o‘zi Islom nishonlarining eng ulug‘laridan sanaladi. Alloh azza va jalla o‘zining mukammal Kitobida o‘z so‘zini rost aytgan;




















