O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

EHTIYOJMAND OILALARGA XAYRIYA TASHKIL QILINDI

 
 

Butun dunyoda koronavirus kasalligi keng tarqalgan hozirgi og‘ir paytda yurtimiz aholisining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  bugun Samarqand  viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tashabbusi bilan “VAQF” xayriya jamoat fondining Samarqand filiali bilan hamkorlikda, Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi 150 nafar muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi.

Darhaqiqat, ko‘ngli siniq, biroz iqtisodiy jihati oqsagan insonga mehr-oqibat ko‘rsatilsa, u Haq taologa chin ko‘ngildan duo qiladi va natijada uning duosi sababli o‘ylagan maqsadlarimizga yetamiz, mushkullarimiz ariydi.

Demak, biz  har bir kunni, soati, daqiqasini g‘animat bilsak, ezgulik, xayr-saxovat, yurt obodligi va Vatan taraqqiyoti yo‘liga sarf etsak, juda katta ajru savoblarga ega bo‘lamiz, inshoalloh.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/05/2020 16:27;   Ko‘rilganligi: 882
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ehtiyojmand-oilalarga-xayriya-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 14:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing