O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ramazon hayiti munosabati bilan 258 kishi afv etildi

 
 

Prezidentimiz Ramazon bayrami arafasida jazo o‘tayotgan, qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 258 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Afv etilgan shaxslarning 16 nafari asosiy jazodan ozod etiladi, 101 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 24 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 117 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 7 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklar, 1 nafari ayol, 7 nafari chet davlat fuqarolari, 164 nafari taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilaridir.

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official


Kiritilgan vaqti: 23/05/2020 10:29;   Ko‘rilganligi: 899
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-hayiti-munosabati-bilan-258-kishi-afv-etildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 22:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing