O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QADR KECHASIDAGI ONLAYN QUR'ON XATMONASIGA MARHABO!

 
 

Ramazon oyining bezagi bo‘lmish Qur'oni karimni xatm qilish o‘lkamizda go‘zal an'anaga aylangan. Allohning kalomi qalblarga shifo, dillariga surur, ruhlariga quvvat bag‘ishlaydi. Yurtimizda shahri Ramazonning har oqshomida Ilohiy kalom sadolari yangramoqda.

Shu yil 20 aprel kunidagi Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida onlayn Qur'oni karim tilovatlari tashkil etilishi elimizni cheksiz xursand qildi.
Ulug‘ oy davomida diyorimizda eng xushovoz qorilar onlayn xatmi Qur'onlarni o‘qidilar. Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali qorilar qiroatlarini yurtimiz ahli diqqat bilan tingladi.
Shunday onlayn xatmi Qur'onlar (https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ)ning yakuni va xatmona duosi 2020 yil 19 may (Qadr kechasi) kuni soat 22:15 da jonli efirda uzatilishi rejalashtirildi. Xatmona tadbiri internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn namoyish etiladi. Shuningdek, ushbu tadbir “Uzreport” telekanalida (https://uzreport.news/live) to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qolgan kanallarda esa yozib olingan holda efirga beriladi.
Mana shunday xatmi Qur'onlar fayzu barakasidan butun dunyoga, xususan, yurtimizga qut-baraka insin, baloyu ofatlar daf bo‘lsin, deb iltijolar qilamiz.
Qadr kechasidagi onlayn Qur'on xatmonasiga marhabo, aziz yurtdoshlar

MuslimTV - https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ

Uzreport - https://uzreport.news/live

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/05/2020 16:00;   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/qadr-kechasidagi-onlayn-quron-xatmonasiga-marhabo
Chop etilgan vaqti: 04/06/2020 20:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing