Tadbirlar

Haj 2024 mavsumi GURUH RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Haj 2024 mavsumi GURUH RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

 

Talabalar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi

Butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassasalarida ham zamonaviy ta'lim-tarbiya usullari tobora rivojlanib bormoqda, xususan, nazariya bilan amaliyotni uyg‘un holda olib borish vaqt sinovidan o‘tgan uslub sanaladi.

Ayni maqsadda bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining birinchi kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasiga kelib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan imom-xatiblarimiz tomonidan xayrli tadbirlar o‘tkazildi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan imom-xatiblarimiz tomonidan xayrli tadbirlar o‘tkazildi.

 

JOMBOY TUMANIDA XAYRLI TADBIRLAR TASHKIL QILINDI!

Bugun, 07 may kuni Jomboy tumanida navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil qilindi. Tadbir oldidan viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov soha xodimlari bilan uchrashib, kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

 

Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Ramazon iftorligi” tadbiri tashkil etildi

Mamlakatimizda taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalashga muhim e'tibor qaratilmoqda. Oila sharoitida voyaga yetishlarini ta'minlashga qaratilgan tashabbus, xususan, bag‘rikeng xalqimizning milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan yondashuvi natijasida yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimi joriy etilgani yaxshi samara bermoqda.

 

Navbatdagi sayyor uchrashuv Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil etildi!

Bugun, 2023 yil 13 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan va albatta viloyat hokimligining jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyatdagi hamda uning joylardagi bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazildi.

 

Konstitusiyasining 31 yilligi munosabati bilan imom-xatiblar tamonidan tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31 yilligi munosabati bilan bugun Urgut tumanida tadbir tashkil etildi. Tadbirda vakillik huquqshunosi X.Mamatov so‘zga chiqib, Konstitusiyamiz joriy yilda tubdan yangilangan Asosiy qonun umumxalq referendumi natijasida qabul qilinganligini va milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor barcha ustuvor qoidalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan mukammal Konstitusiyaga ega bo‘lganligimizni alohida ta'kidlab o‘tdi. Qolaversa, Konstitusiyani va uning bironta qoidasini zamon va makonning xususiyati talablariga zid ravishda o‘zgartirib bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Urgut tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 05 dekabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Urgut tumanida tashkil qilindi. Tumandagi 31 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari va iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 31 ta masjid va 31 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nosog‘lom fikrda bo‘lgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar.

 

Samarqandlik imom-xatiblar Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbirida ishtirok etdilar

3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakilligi tomonidan ham nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri sifatida Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Samarqand shahar va Samarqand tuman imom-xatiblari bilan birgalikda Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda o‘z hadiyalari bilan ishtirok etdilar.

 

Diniy-ma'rifiy soha samaradorligini oshirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan Camarqandliklarning bir guruhi “diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Viloyatimizda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, aholi o‘rtasida dinlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlarni targ‘ib etish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchuun “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Payariq tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 21 noyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Payariq tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 12 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 12 ta masjid va 20 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nosog‘lom fikrda bo‘lgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar.

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Samarqand tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 14 noyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 6 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 6 ta masjid va 20 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nosog‘lom fikrda bo‘lgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar.

 

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi tadbir Payariq tumanida davom etmoqda.

Bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Payariq tumanidagi "Imom Buxoriy avlodlari" bog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir tashkil qilindi.

 

Urgut tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Domlo Qurbon" jome masjidining hududida 400 tup mevali va 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi

Bugun Yoqubjon domla Mansurov boshchiligida Urgut tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Domlo Qurbon" jome masjidining hududida 400 tup mevali va 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

 

Oqdaryo tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bugun Yoqubjon domla Mansurov boshchiligida Oqdaryo tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Mahdumi A'zam" va "Temur" jome masjidlarining hovlisiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing